Rayo Valyekano La Ligada tarix yaratdi


Rayo Valyekano jamoasi La Liga turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan Madridning Real klubidan ochko tortib olishga muvaffaq bo'ldi. Yakshanba kuni bo'lib o'tgan uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
E'tiborlisi, Rayo Valyekano joriy mavsumda Ispaniya futbolining ikki giganti - Barselona va Realga qarshi o'z maydonida mag'lubiyatga uchramagan ilk jamoa bo'ldi. Sentabr oyida o‘tkazilgan o‘yinda Barselona bilan 1:1 hisobida durang qayd etilgan edi.
Inyigo Peres boshqaruvidagi jamoa, 12 turdan so‘ng, 15 ochko bilan turnir jadvalining 12-pogʻonasida bormoqda. Keyingi turda Rayo safarda Real Oviedo jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Madridning Real klubi esa bugungi durangga qaramay, turnir jadvalidagi yetakchilikni saqlab qoldi.































Izohlar 0
…