6 fevraldagi halokatli zilziladan jabr ko‘rgan hududlarni tark etgan 40 mingga yaqin suriyalik aholi cheklovlar yumshatilganidan ikki hafta o‘tib, isyonchilar nazorati ostidagi Suriya shimoli-g‘arbiy qismiga qaytgan.
"Immigratsiya oqimi Suriya prezidenti Bashar Asadga qarshi bo‘lgan Suriya qurolli guruhlari qo‘l ostidagi to‘rtta chegara o‘tish joyida qayd etilgan", dedi Reuters agentligiga isyonchilar nazoratidagi Bobul Havo chegara punktining OAV xodimi Mazen Allush.
Allush tomonidan taqdim etilgan statistik ma’lumotlar jadvaliga ko‘ra, dushanba holatiga ko‘ra, 13,5 mingga yaqin odam Bobul Havo orqali, qariyb 10,000 kishi Jarabulus nazorat punkti orqali va 7,000 ga yaqin odam Bobus Salom va Tal Abyad nazorat punktlari orqali o‘tgan.
Turkiya Mudofaa vazirligi vakili dushanba holatiga ko‘ra, o‘z yurtiga qaytgan suriyaliklar soni 40 ming nafarga yetganini tasdiqladi. Rasmiyning qo‘shimcha qilishicha, aksariyat suriyaliklar qaytib kelmoqda va ularning soni kundan-kunga ortib bormoqda.
Ta’kidlash joiz, Turkiyada 3,5 millionga yaqin suriyalik qochqinlar bor va so‘nggi yillarda qochqinlarga qarshi kayfiyat kuchaymoqda.Zilziladan so‘ng suriyaliklar Turkiya rasmiylarining shimoli-g‘arbda olti oygacha qolish taklifidan foydalangan.
Turkiyada 44 000 dan ortiq va Suriyada 6 000 ga yaqin odamning umriga zomin bo‘lgan zilziladan so‘ng ko‘pchilik qarindoshlarini ziyorat qilgani qaytgan, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, ularning aksariyati isyonchilar nazorati ostidagi mamlakat shimoli-g‘arbida joylashgan.
Zilzila oqibatida Turkiyadagi uylari va korxonalari vayron bo‘lganidan keyin kshpchilik qarindoshlarinikiga vaqtincha ko‘chib o‘tishgan.
"Maqsadimiz — qarindoshlarimizni ziyorat qilish va bu yerdagi qiyin muhitdan chiqish", dedi eng ko‘p jabrlangan hududlardan biri bo‘lgan Qahramonmarashda yashagan 50 yoshli suriyalik ishchi Xolid al-Ahmad.
U 10 nafar farzandi bilan dam olish kunlari Bobul Havo nazorat-o‘tkazish punktining Turkiya tomonidan o‘tishni, sakkiz yil avval qochqin sifatida chiqib, birinchi marta Suriyaga qaytishni kutayotgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uyi jiddiy shikastlangan va ishi ham to‘xtab qolgan.
“Odamlar qayerga ketayotganini bilmasdan yo‘lga chiqmoqda, hozircha bu yerdan uzoqlashishni istaydi xolos” dedi va bir-ikki oy ichida Turkiyaga qaytishga harakat qilishini aytdi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya shimoli-g‘arbiy qismida 4 millionga yaqin odam istiqomat qiladi, ularning aksariyati so‘nggi falokat sababli ko‘rsatilgan yordamga bog‘lanib qolgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar