
2025-yilning uchinchi choragida Rossiya Federatsiyasida ishlash va qonuniy yashash uchun zarur bo'lgan kompleks imtihon natijalari e'lon qilindi. Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta'lim vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo'yicha test sinovlaridan jami 275 609 kishi o'tgan.
Ushbu testlardan 86,9% migrantlar muvaffaqiyatli o'tgan. Kompleks imtihon Rossiya va chet eldagi, jumladan, O'zbekiston va Tojikistonda joylashgan 203 ta maxsus markazlarda topshirilishi mumkin.
Bu markazlarning 88 tasi Rossiya universitetlariga tegishli bo'lib, ulardan 82 tasi Rossiya Fan va oliy ta'lim vazirligi tasarrufida. MDH davlatlarida test markazlarining mavjudligi mehnat migrantlari uchun jarayonni sezilarli darajada yengillashtirmoqda.
Attestatsiya uchta asosiy darajada o'tkaziladi, bunda darajalar migrantning Rossiyadagi maqsadiga qarab belgilanadi: • birinchi daraja — Rossiyada ishlash uchun patent olish; • ikkinchi daraja — vaqtinchalik yashash huquqi (VYaH) olish; • uchinchi daraja — doimiy yashash guvohnomasi (DYG) olish. Imtihon uchta o'zaro bog'liq bo'limdan iborat.
Birinchi bo'limda rus tili xorijiy til sifatida sinovdan o'tkaziladi. Ikkinchi va uchinchi bo'limlar mos ravishda Rossiya tarixi va Rossiya qonunchiligi asoslarini bilishni tekshirishni o'z ichiga oladi.
2025-yil 3-choragida migrantlarning 87% imtihondan muvaffaqiyatli o'tdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar