date
views 445

Makronga Xitoyda nima bor yoxud Yevropa-Xitoy munosabatlarining chigalligi

Makronga Xitoyda nima bor yoxud Yevropa-Xitoy munosabatlarining chigalligi

Yaqinda Moskvada Prezident Vladimir Putin bilan uchrashib qaytgan Si Szinpinni ko‘rish uchun Yevropa rahbarlari birin-ketin Xitoyga uchib kelishmoqda. Ovro‘poliklar o‘zlarining eng yirik savdo sherigi Yevropada urush olib borayotgan Rossiya bilan yaqinlashuvi va Xitoyning Yevropa Ittifoqining asosiy ittifoqchisi bo‘lgan Amerika bilan ziddiyatidan xavotirda.

Germaniya kantsleri va Ispaniya bosh vaziri ortidan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen chorshanba kuni Pekinga boradi. Ular Si Szinpinni Putinning Ukrainaga qarshi urushini qurol yoki pul bilan qo‘llab-quvvatlamaslikka, Rossiya prezidentini tinchlikka majburlashga ishontirishga harakat qiladi.

Yevropa Kievga Rossiya agressiyasini daf qilishda yordam bermoqda va urushni tezroq tugatishdan manfaatdor, biroq Ukraina hududiy yaxlitligini tiklash shartini qo‘ymoqda. Kreml bunga qarshi, uning ortida esa Xitoy turibdi.

Yevropaliklar Xitoyni Yevropada urush va tinchlik masalasida YeI Xitoyning asosiy raqibi bo‘lgan AQShning soyasi emas, balki mustaqil kuch ekaniga ishontirishga harakat qilmoqda. Hamda “biz hamkorlikka tayyormiz, biroq Xitoy “qizil chiziq”ni kesib o‘tib, Putinga harbiy yordam berishga qaror qilsa, hammasi tubdan o‘zgarishi mumkin” degan mujdani yetkazib qo‘yishmoqchi. 

Xitoy va PutinRossiya Ukraina bostirib kirgan ilk kunlarda Makron Putin bilan muntazam qo‘ng‘iroqlashib turdi, biroq oradan bir yil o‘tib, Yevropa Ittifoqi, AQSh va Kreml o‘rtasidagi aloqalar barbod bo‘ldi va pozitsiyalar shu qadar murosasizki, Yevropada vaziyatni boshi berk ko‘chadan chiqarishga faqat Xitoy qodir, Putinga ta’sir ko‘rsatadigan yagona yetakchi esa Si ekaniga ishonishmoqda. 

Tinchlik rejasining imkoni bormi?Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Si Szinpinning Moskvaga tashrifidan biroz oldin uning Yevropadagi urushga munosabatini bayon qildi. 12 banddan iborat hujjat ba’zan Xitoyning "tinchlik rejasi" deb nomlanishiga qaramay, u rejaga to‘g‘ri kelmaydi va faqat Xitoy pozitsiyasini tasdiqlaydi.

Hozircha yevropaliklar faqat Si Szinpin yadroviy keskinlik qabul qilib bo‘lmasligi haqida bayonot berdi xolos. Biroq, bu Putinni to‘xtata olmadi - u Belarusda yadro qurolini joylashtirmoqchi bo‘lyapti.

“Ayrim Yevropa yetakchilari Pekin bayonotlari Rossiya yadro strategiyasiga hech qanday aloqasi yo‘q, degan xayolda”, - deydi Yevropa tashqi aloqalar kengashining Osiyo tadqiqotlari rahbari Yanka Ortel. “Jiddiy xitoyshunoslar bunga ishonmaydilar”.

Xitoy Yevropaga nima beradi, Yevropa Xitoygachi?

Xitoyning asosiy raqibi AQShdir. Dunyoning ikki yirik iqtisodiy va harbiy jihatdan qudratli davlati Tayvan, savdo, inson huquqlari va texnologik hukmronlik tufayli dunyoni sovuq urush yoqasiga olib keldi.

Xitoy Yevropani Amerikaning vassali deb biladi. U bilan yaqinlashish Si Szinpinning asosiy dushmani – AQShni zaiflashtirish, G‘arb koalitsiyasini parchalash va dunyoning AQSh va Xitoydan keyin uchinchi yirik iqtisodiyoti bo‘lgan Yevropa Ittifoqidagi G‘arb texnologiyalari va boy iste’molchilaridan foydalanish imkoniyatini saqlab qolish kabi strategik maqsadlarga mos keladi.

Yevropa yesa, o‘z navbatida, AQSh kabi Xitoy bilan barcha aloqalarni uzishga intilmayapti. Ammo Xitoy Putinni qurollantirishni boshlasa, AQSh Xitoyga qarshi sanktsiyalar joriy qiladi va Yevropani ham shunday qilishga undaydi, deb qo‘rqadi.

Shu bois Yevropa Ittifoqi Amerika soyasidan chiqib, Xitoy bilan munosabatlarda o‘zini mustaqil o‘yinchi sifatida ko‘rsatishga intiladi. Bu Yevropa Ittifoqining Pekinga bir qator tashriflarining asosiy maqsadi bo‘lib, undan so‘ng iyun-iyul oylarida Yevropa Ittifoqi - Xitoy sammiti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Biroq, G7 dagi hamkasblari - AQSh, Kanada, Yaponiya va Buyuk Britaniyadan farqli o‘laroq, Yevropa Ittifoqining 27 davlati Xitoyga nisbatan aniq ifodalangan pozitsiyaga ega emas.

Bunga birinchi urinish Yevropa Komissiyasi rahbari tomonidan Pekinga safari oldidan qilingan. O‘zining asosiy nutqida fon der Lyayen keskin pozitsiyani taqdim etdi: Yevropa Xitoy bilan hamkorlik qilishni xohlaydi, lekin muammolar bor, chunki Xitoy Kommunistik partiyasi asta-sekin ochiqlik va integratsiyadan yopiqlik sari ketmoqda. O‘z irodasini kuch bilan singdirishga harakat qilmoqda.

Umuman olganda, Yevropaning barcha yetakchilari bu pozitsiyaga qo‘shiladi, chunki u o‘zining eng radikal chegarasida bo‘lsa-da, konsensus doirasida, deydi Marshall fondi vaklii Endryu Smol. Ko‘pchilik o‘z nomidan Xitoyga qarshi turishga jur’at qila  olmaydi, ammo Yevropa Ittifoqi bayroqlari ostida birlashib harakat qilishga yo‘q deyishmaydi.

Yagona muammo shundaki, Xitoy Yevropa Ittifoqining birligi va mustaqilligiga ishonishga shoshilmayapti, deya qo‘shimcha qiladi Yanka Ortel.

"Yevropaliklarning Xitoyga nisbatan ritorikasi o‘zgarib bormoqda, lekin real hayotda ko‘p narsa o‘zgarmayapti. Germaniya iqtisodiyoti bunga yaxshi misol, uning Xitoyga qaramligi hamon kuchayib bormoqda", dedi u Endryu Smol bilan suhbatida.

Mutaxassislar Yevropa yetakchilari Si Szinpinni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishga ko‘ndirishiga hali ham shubha qilmoqda, chunki ular hali ham uni YeI AQSh soyasida emas, birlashgan va mustaqil harakat qilayotganiga ishontira olishmadi.

“Tashriflar Yevropa Ittifoqining pozitsiyani muvofiqlashtirish istagini namoyish etadi, biroq Yevropa Xitoyning Rossiyani qo‘llab-quvvatlashda o‘zining qizil chizig‘ini qanday ko‘rishi va Xitoy uni kesib o‘tsa, qanday oqibatlarga olib kelishi haligacha noma’lum”, — dedi Yanka Ortel.

Makronva Ursula fon der Lyayenning tashrifidan muvaffaqiyat kafolatlanmaydi, deydi u.

“Juda bo‘lmaganda Xitoy Yevropa bilan munosabatlar uzilishidan xafsiramaydi, balki Rossiya bilan yaqin munosabatlariga YeIga qarshi dastak sifatida foydalanish imkoniyati deb qaraydi”, dedi Yevropa tashqi aloqalar kengashining Osiyo tadqiqotlari rahbari Yanka Ortel.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Makronga Xitoyda nima bor yoxud Yevropa-Xitoy munosabatlarining chigalligi