22:25 / 10.05.2023
443

Buyuk Britaniyada uch kishi DNKsiga ega ilk chaqaloqlar dunyoga keldi

Buyuk Britaniyada uch kishi DNKsiga ega ilk chaqaloqlar dunyoga keldi
Foto: luismmolina/Getty Images/iStockphoto
Buyuk Britaniyada birdaniga uch kishi - ota-onasi va donor DNKsiga ega bo‘lgan ilk chaqaloqlar dunyoga keldi. Bu haqda The Guardian yozdi.
 
Bunday bolalarning tug‘ilishi ekstrokorporal urug‘lantirish (EKU) jarayoni natijasida yuz bergan. Bunda mitoxondrial donorlik (MDT, mitochondrial donation treatment) usulidan foydalanilgan. U sitoplazmatik almashtirish deb ham ataladi.
 
Embrionni shakllantirish jarayonida ota va onaning spermatozoidlari va tuxumdoni donor ayol tuxumdonidagi mitoxondriyalar bilan birlashtiriladi. MDT usulidan foydalanish natijasida bola ota-onasi DNKsining taxminan 99,8 foizini, shuningdek, donor genetik materialining juda kichik qismini - 37 ta genni oladi.
 
Usul bolalarning onalaridan davolab bo‘lmaydigan kasalliklar - mitoxondrial nuqsonlarning rivojlanishiga olib keladigan mutatsiyalarni meros qilib olishining oldini olishga qaratilgan.
 
Buyuk Britaniyaning urug‘lantirish va embriologiya boshqarmasi (HFEA) vakillari ushbu texnologiya asosida mamlakatda allaqachon bir necha bola tug‘ilganini aytishgan. Bunday chaqaloqlarning aniq soni maxfiylik sababli oshkor etilmaydi.
 
Buyuk Britaniya bolalar tug‘ilishida sitoplazmatik almashtirish usulidan foydalangan dunyodagi birinchi davlat emas. 2016 yilda amerikalik shifokorlar Ley sindromidan aziyat chekkan iordaniyalik ayolni sun’iy ravishda urug‘lantirib, uch kishi DNKsiga ega farzandini dunyoga kelishiga sabab bo‘lgan edi. Avvalroq, ayol irsiy mutatsiya tufayli ikki nafar farzandidan ayrilgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo