11:44 / 06.06.2023
365

Afg‘onistonda giyohvandlik bilan bog‘liq hozirgi vaziyat qanday?

Afg‘onistonda giyohvandlik bilan bog‘liq hozirgi vaziyat qanday?
Foto: Hasht-e Subh Daily
Afg‘onistonning Balx viloyati Mozori Sharif shahrida giyohvandlar soni avvalgiga nisbatan ancha kamaydi, aholi shahar bo‘ylab bemalol harakatlanmoqda. “Daryo” muxbiri giyohvandlar bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan shahar aholisi bilan suhbatlashdi.
 
Aholiga ko‘ra, giyohvandlarning yo‘llarda bo‘lishi bolalarga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, ijtimoiy muammolarni keltirib chiqargan. Biroq so‘nggi kunlarda shaharda ularning soni sezilarli darajada kamaygan.
 
“Avval siz shaharga borganingizda, har bir burchakda o‘nlab giyohvandlar uxlab yotgani yoki narkotik chekayotganini ko‘rardingiz, hozir esa Mozori Sharif shahrida giyohvandlar ko‘rinmaydi va qayerda ekanliklarini ham bilmayman”, — deydi shahardagi sotuvchilardan biri Toj Muhammad.
 
Savdogar qashshoqlik, ishsizlik, savodsizlik va giyohvand moddalarni oson sotib olishni narkomanlarning ko‘payishiga sabab qilib ko‘rsatdi.
 
“Yana bir sabab shundaki, odamlar giyohvandlikka juda oson odatlanib qolishadi”, — dedi u.
 
Mozori Sharifda yashovchi yana bir erkak Qori Abdul Hakimga ko‘ra, giyohvandlarni davolash uchun shaharda markazlar tashkil etilgan. Bu yaxshi harakat va hukumat shaharda giyohvand moddalarni sotish va tarqatishning oldini olishi kerak.
 
“Shaharda giyohvandlar ko‘p bo‘lardi, odamlar qo‘rqardi, ayniqsa, ayollar, bolalar”, — dedi Hakim.
 
Balx xavfsizlik rasmiylari ayni damda 1800 dan ortiq giyohvandlar davolash markazlariga yotqizilganini ma’lum qilgan. Davolanishdan keyin ular ishlashlari uchun kasblarga o‘rgatiladi. Giyohvandlikka chalinganlar yig‘ilib, uch guruhga bo‘linadi, ular 45 kundan olti oygacha davolanadi.
 
So‘nggi o‘n oy ichida besh mingga yaqin giyohvand moddalarni iste’mol qilgan shaxslar markazlarda davolanib, oilalariga topshirilgan.
 
Ilgari Kobul shahridagi ahvol Mozori Sharifdan ham battar bo‘lgan, giyohvandlar uchun eng mashhur joy bo‘lgan Kobulning Puli suxta ko‘prigi hozir Xushbaxti ko‘prigi deb ataladi, chunki hozirda bu ko‘prik ostida birorta ham giyohvand yo‘q.
Foto: Hasht-e Subh Daily
“Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda o‘z farmonida ko‘knori yetishtirishni mutlaqo taqiqlagandi. Tegishli buyruqda qoidabuzarlarga shariat asosida chora ko‘rilib, hosili nobud bo‘lishi aytilgan.
 
“Tolibon” yetakchisi Afg‘oniston bo‘ylab vino, geroin, tabletkalar va gashish kabi har qanday giyohvand moddalarni ishlab chiqarishni, sotib olish va sotishni, import va eksportini taqiqlagan. Buyruqqa bo‘ysunmaslik ta’qib va ​​jazoga olib keladi.
 
Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligining giyohvandlikka qarshi kurash boshqarmasi mamlakatda hech kimga giyohvand moddalarni yetishtirish va olib o‘tishga ruxsat berilmaganini aytdi. Idora rahbari Hasibulla Ahmadiyning qo‘shimcha qilishicha, “Tolibon” hukumati narkotiklarga qarshi kurashga sodiqdir va ular hozirgacha yetti mingdan ortiq gumondorni qo‘lga olgan va Afg‘onistonda 9 ming gektarga yaqin yer ko‘knori yetishtirishdan tozalangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda giyohvandlik bilan bog‘liq hozirgi vaziyat qanday?
ePN