date
views 581

Shavkat Mirziyoyev AQSHga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev AQSHga yetib bordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun bugun, 17 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Nyu-York shahriga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Aeroportda oliy martabali mehmonni Nyu-York shahri meri Erik Adams, AQSH-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, 19 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yalpi sessiyasining umumiy munozaralarida nutq so‘zlaydi hamda mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z nuqtai-nazarini bayon qiladi.

Yilning bosh xalqaro siyosiy tadbiri doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilari sammiti, xorijiy davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSHning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shavkat Mirziyoyev AQSHga yetib bordi