QazaqGeo xabar qiladi: “Orol dengizi tiklanmoqda!”

26 iyun kuni “Ulitau-Aral” ekspedisiyasining Orol dengizida bo‘lib o‘tgan 12 kunlik ekspedisiyasi o‘z nihoyasiga etdi. Shu munosabat bilan bir necha kun avval Ostonada Qozog‘iston Milliy geografik jamiyatining “Ulitau-Aral” deb nomlangan ekspediyasiyasi natijalari e’lon qilindi. Bu haqda “Tengrinews.kz” nashriga asoslanib “Qalampir” xabar bermoqda. Ekspedisiya 15 iyun kuni boshlangan edi.
Ekspedisiya doirasida Orol dengizidan suv namunalari olindi. Ular orqali dengizdagi suv tarkibi o‘rganiladi va unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni, xususan, gidrobiologik tadqiqotlarni o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Gidrobiologik tadqiqot natijalari olingach, ushbu natijalar bilan “Nazarboyev Universiteti” xodimlari National Geographic grantida ishtirok etish istagidalar.
Ekspedisiyani muvaffaqiyatli boshlash va yakunlash maqsadida oldindan Orol dengizi hududi va Ulitau mintaqalarining markaziy qismini bog‘lab turuvchi yo‘l hamda maydonlar barpo etildi. Ushbu yo‘ldan paleontologlar, ekspedisiya a’zolari, sayyohlar foydalanishlari mumkin. Aytish kerakki, ekspedisiya natijalariga asoslangan holda Orol dengizi haqida kitob yozish rejaga kiritilgan. Ushbu kitob Ulitau mintaqasiga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun cho‘ntak kitobi ko‘rinishida bo‘ladi.
Ekspedisiyada jami 30 kishi ishtirok etdi. Ular orasida olimlar, xususan, gidrobiologlar, geoma’lumotlar tizimi mutaxassislari, jurnalistlar, blogerlar, suratkashlar, ko‘ngillilar ham bor. Tadqiqot a’zolari birgalikda 40 daraja issiqda 4000 kilometr masofani bosib o‘tishdi. Kichik orol atrofidagi yo‘l ekspedisiya a’zolari uchun eng qiyin va ekstrimal yo‘l bo‘ldi.
Ekspedisiya a’zolari, shuningdek, Baykonur shahridagi mashhur Borsa kelmas oroli, Shimoliy Orol, qadimiy Kerderi shahri, Yangikent vayronalariga ham borishdi va ushbu joylarda aks etgan ekofalokatlar izlarini ko‘rishdi.

Shu bilan birga gidrobiologlar Orol dengizining aholi yaxshilanganini, sahro hududi kamayganini ham guvoh bo‘lishdi.

“Eng muhim natija – Shimoliy Orol dengizining ba’zi qismlari tiklanayotganidir. Bu erda yangi hayot boshlanayotgani ko‘rinib turibdi. Dengizda tuzning ajralishi, o‘simliklar olamining tiklanayotgani, baliqlarning paydo bo‘lgani, sahro hududining sezilarli darajada kamaygani juda quvonarli”, deydi ekspedisiya rahbari Saulet Sakenov.
Ko‘k oroldagi to‘g‘on dengiz suvining saqlab qolinishida katta ahamiyat kasb etdi. Shunga ko‘ra, dengizdagi suvni saqlab qolish, saqlab turish ishlari davom etadi. Qutqaruvchilar va mahalliy aholi vakillari birlashib bu borada rejadagi ishlarni olib borishmoqda. Shuningdek, bu ishlarda Borsa kelmas qo‘riqxonasi vakillari, Orolni qutqarish Halqaro fondi mutaxassislari ham ishtirok etishmoqda.
“Ko‘k orol to‘g‘onining o‘zida biz, QazaqGeo hamda Orolni qutqarish Halqaro fondi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni tuzdik. Chunki aynan mana shu to‘g‘on Orol dengizining avvalgi holiga qaytishiga yordam bermoqda. Biz Orolni qutqarish Halqaro fondi bilan dengizni saqlab qolish yuzasidan loyihalar tashkil qilamiz. Shu bilan birga Borsa kelmas qo‘riqxonasi bilan ham qator loyihalarni amalga oshirish istagidamiz”, deb qo‘shimcha qildi Saulet Sakenov.
Ekspedisiya a’zolari GPS orqali o‘zlari tashrif buyurgan qadimiy joylarni belgilab olishdi. Endilikda mavjud manzillar orqali ushbu joylardagi o‘zgarishlarni kuzatish mumkin bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing