
2024 yil 31 may kuni Anjelina Joli va Bred Pittning qizi Shaylo 18 yoshga to‘lgan kuni davlat idoralariga familiyasini o‘zgartirish uchun murojaat qildi va buning uchun kerakli barcha hujjatlarni topshirdi. Bu haqda “Pravila Jizni” xabar bermoqda.

Foto: Pravila Jizni
Shaylo Joli-Pitt rasman davlat idoralariga murojaat qilgan, lekin uning arizasi hali tasdiqlanmagan, chunki nashrda ta’kidlanganidek, “bu vaqt masalasidir”.
Joli va Pittning 6 nafar farzandi bor: Meddoks, Zaxara, Paks Ten asrab olgan farzandlari bo‘lsa, Shaylo, Noks, Viven ularning biologik farzandlaridir. Bundan tashqari Viviyen, Zaxara, Meddoks ham Pitt familiyasidan foydalanishmaydi.
Noyabr oyining oxirida Pitt va Jolining 20 yoshli o‘g‘li Paks Ten otasini “hayotini do‘zaxga aylantirgan dahshatli odam” deb atagandi.
"Sizning yoningizda qo‘rquvdan titrayotgan to‘rt nafar kenja farzandingizga hech qanday e’tibor va mehr ko‘rsatmayapsiz", — degan edi Paks Pittga ijtimoiy tarmoqlarda murojaat qilib. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar