Bred Pitt va Anjelina Joli 4 yillik sud mojarosini kelishuv bilan yakunladi

Madaniyat1 daqiqa o'qish12
Bred Pitt va Anjelina Joli 4 yillik sud mojarosini kelishuv bilan yakunladi

Gollivudning sobiq juftligi Bred Pitt va Anjelina Joli Fransiyadagi Château Miraval vinochilik xo‘jaligi bo‘yicha uzoq yillardan beri davom etayotgan sud mojarosini suddan tashqari kelishuv orqali hal qildi.

Nizoga 2021 yilda Anjelina Jolining xo‘jalikdagi 50 foizlik ulushini Bred Pittning roziligisiz Stoli Group kompaniyasiga sotgani sabab bo‘lgan. Pitt bu kelishuvga qarshi chiqib, sobiq turmush o‘rtog‘iga nisbatan sudga murojaat qilgan.

Sud jarayonlarida 2016 yilda shaxsiy samolyot bortida yuz bergani aytilgan mojaro ham yana kun tartibiga chiqdi. Joli aktyorni o‘ziga va farzandlariga nisbatan zo‘ravonlikda ayblagan, Pitt esa bu da’volarni rad etgan.

25 noyabr kuni tomonlar qo‘shma bayonot orqali kelishuvga erishganini tasdiqladi. Biroq uning moliyaviy va huquqiy shartlari oshkor etilmadi.

Shu tariqa, sobiq juftlik o‘rtasidagi muhim sud nizolaridan biri yakunlandi. Ammo Pittning Stoli Group bilan vinochilik xo‘jaligi yuzasidan alohida mojarosi davom etmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?