Foto: AP Photo
AQSH uning qurollari bilan Rossiya hududiga 300 kilometrgacha ichkariga zarba berilishiga ruxsat berdi. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrelga tayanib, “Yevropeyskaya pravda” xabar berdi.
AQSH administratsiyasi Rossiya hududiga zarba berish uchun 300 kilometrgacha bo‘lgan raketalardan foydalanishga ruxsat bergan. Bu unchalik uzoq emas, lekin bu AQSH administratsiyasi qarori. Nima uchun ular bu qarorni oldin emas, hozir qabul qilganini bilmayman, dedi siyosatchi.
Borrelning so‘zlariga ko‘ra, bu mavzu Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Bryusselda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida muhokama qilingan. Uchrashuvda G‘arb qurollarining Rossiya hududiga zarba berish bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha umumiy qarorga kelishilmagan.
Har bir mamlakat o‘zi hal qiladi, deya qo‘shimcha qildi Yevropa diplomatiyasi rahbari.
Ukraina AQSH qurollari bilan Rossiyaga zarba bera oladi
17 noyabr kuni The New York Times gazetasi va Reuters agentligi manbalarga tayanib, AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga AQSH tomonidan yetkazib berilgan uzoq masofali ATACMS raketalaridan Rossiya hududiga zarba berish uchun foydalanishga ruxsat bergani haqida xabar berdi. Davlat departamenti 18 noyabr kuni kechqurun bu ma’lumotni “hozircha tasdiqlay olmasliklarini” ma’lum qildi.
Bayden maslahatchilarining Rossiyaga zarba berishda ATACMS'dan foydalanish bo‘yicha fikrlari turlicha. Ular hozircha gap faqat Kursk viloyatidagi nishonlarga zarba berish haqida ketayotganini aytgan. Keyinchalik Bayden bu qurolni boshqa joylarda ham ishlatishga ruxsat berishi mumkin. Donald Tramp prezidentlik lavozimini egallaganidan keyin Baydenning bu qarorini bekor qiladimi yoki yo‘q, hozircha noma’lum.
Putin G‘arb qurollari bilan Rossiyaga zarba berish urushni anglatishini aytgandi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ko‘ra, bunday harakat “NATO, AQSH, Yevropa davlatlari Rossiya bilan urushayotganini anglatadi” va “tegishli qarorlar” qabul qilishga undaydi. Siyosatchi Rossiyaga G‘arb qurollari bilan zarbalar “tajovuzga yaqin” ekanini ta’kidlagan. Keyinchalik u Rossiyaning yadroviy doktrinasiga o‘zgartirishlar kiritdi.
Unga ko‘ra, yadroviy qurolga ega bo‘lmagan davlat tomonidan amalga oshiriladigan tajovuz, agar yadroviy davlat ishtirokida yoki ko‘magida bo‘lsa, Rossiyaga qarshi qo‘shma hujum sifatida ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, Moskva ishonchli ma’lumotga ega bo‘lgan holda, “havo-kosmik hujum vositalarining ommaviy starti” va ularning chegaradan o‘tishi holatida darhol yadroviy qurol qo‘llashga o‘tishi mumkin.
ATACMS — uzoq masofaga zarba beruvchi boshqariladigan raketa bo‘lib, u qo‘mondonlarga jangovar maydonni shakllantirish uchun zudlik bilan o‘t ochish imkonini beradi. U og‘irligi 500 funt bo‘lgan WDU18 toifasidagi fragmentar-fugasli jangovar kallak bilan jihozlangan. Maksimal uchish masofasi 300 kilometrni tashkil qiladi. ATACMS 1980 yillarda ishlab chiqilgan va birinchi marta 1991 yilda Fors ko‘rfazi urushi paytida ishlatilgan. O‘shandan beri u turli qurolli mojarolarda, jumladan, Iroq urushi va Rossiya—Ukraina urushida faol ishlatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”