16:55 / 12.12.2024
15

Germaniya Suriyani qo‘llab-quvvatlash shartlarini eʼlon qildi

Germaniya Suriyani qo‘llab-quvvatlash shartlarini eʼlon qildi
Foto: Mauersberger/IMAGO
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok 11 dekabr, chorshanba kuni Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan keyin Suriyani qo‘llab-quvvatlash rejasini taqdim etdi. U Berlin Damashqqa yordam berish uchun ilgari suradigan sakkiz band va shartdan iborat.

Berbok hokimiyatning tinch yo‘l bilan o‘tkazilishini birinchi va eng muhim nuqta deb atadi. «Barcha partiyalar tomonidan qabul qilingan fuqarolik hukumati faqat barcha ozchiliklar va siyosiy guruhlar stol atrofida jam bo‘lsa, muvaffaqiyatli bo‘ladi», dedi u.

Chet el aralashuvisiz Suriya ichidagi muloqot

Ikkinchi o‘rinda - Suriya ichidagi muloqot. Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u BMT rezolyutsiyalari va «joylardagi voqeliklar»ga muvofiq chet el aralashuvisiz, masalan, Turkiya yoki Isroil aralashuvisiz o‘tishi kerak. «Suriya yana xorijiy davlatlar o‘yinida piyodaga aylanmasligi kerak», dedi Berbok.

Uchinchisi, «Hayʼat Tahrir ash-Shom» (HTSH) aʼzolari tomonidan ayollar, etnik va diniy ozchiliklar huquqlarini hurmat qilish. Berbokning aytishicha, Germaniya guruh bilan «hali to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga ega emas», ammo Berlin uning “Al-Qoida” bilan aloqasi borligini biladi. «Biz HTSHni uning harakatlariga qarab baholaymiz», dedi vazir.

U, shuningdek, insonparvarlik inqirozini imkon qadar tezroq ortda qoldirib, Suriyani qayta tiklashni boshlashga chaqirdi. Berbok siyosiy inqiroz fonida mamlakatda yuqori inflyatsiya haqida maʼlum qildi, shuning uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashmoqda. Misol uchun, non narxi bir necha kun ichida 900 foizga oshdi. Vazir Germaniyadan 8 million yevrolik shoshilinch yordam vaʼda qildi.

Suriyaliklarni vataniga qaytarish mojarosi: Shols vazminlikka chaqirdi

Germaniya kansleri Olaf Shols suriyaliklarning Germaniyadan vataniga qaytarilishi haqidagi munozaralarda vazminlikka chaqirdi. «Endi bizning vazifamiz u yerda xavfsiz muhit yaratish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaslik, demokratiyani dunyoga keltirish va turli dinlarga mansub odamlar normal birga yashashini taʼminlashdir», dedi Shols 10 dekabr kuni ARD telekanalida Suriyadagi vaziyat haqida.

«Ehtimol, agar hamma narsa yaxshi kechsa, ko‘pchilikning o‘zi endi o‘z mamlakatini qayta tiklashda ishtirok etishni xohlashini aytishadi», deb tushuntirdi Germaniya kansleri Bashar Asad rejimi qulaganidan keyin suriyalik qochqinlarning o‘z vatanlariga qaytishi haqidagi munozaralarni sharhlar ekan. Biroq, ayni damda Suriyadagi vaziyat «juda va juda xavfli» bo‘lib qolmoqda, deya eslatdi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya Suriyani qo‘llab-quvvatlash shartlarini eʼlon qildi