Xitoy dunyodagi ikkinchi yirik cho‘l hisoblangan Taklamakon atrofida 3046 kilometrlik «yashil halqa» barpo etish jarayonini yakunladi. Ushbu loyiha Xitoy «yashil devori»ning bir qismi bo‘lib, mamlakatning cho‘llanishini to‘xtatishga qaratilgan.
Dastur 1978 yilda boshlangan va uning to‘liq bajarilishi faqat 2050 yilda kutilmoqda. Bu 100 milliard tup daraxt ekish rejasidan iborat va tarixdagi eng yirik ekologik muhandislik loyihasiga aylanadi.
Xitoyning «Yashil devori» cho‘llanishni to‘xtatish uchun mo‘ljallangan daraxtlar, butalar va quyosh qurilmalarini o‘z ichiga olgan keng o‘rmon himoyasi tizimidir. Ushbu tabiiy to‘siq qishloq xo‘jaligiga zarar yetkazadigan halokatli qum bo‘ronlaridan himoya qiladi.
Biroq, loyiha bahsli. Ba’zi olimlar g‘ayrioddiy sharoitlarda daraxt ekishning mumkin bo‘lgan uzoq muddatli oqibatlariga ishora qilib, uning barqarorligiga shubha qilishadi. Shuningdek, u yovvoyi tabiatga ta’sir qilishi va o‘rmonlarni kasalliklarga qarshi himoyasiz qoldirishi yoki qum bo‘ronlarini nazorat qilishda samarasiz bo‘lishi mumkinligi haqida xavotirlar mavjud.
Cho‘llanish Xitoy hududining 27 foizidan ortig‘iga ta’sir ko‘rsatmoqda va 400 millionga yaqin odam mamlakat shimoli-g‘arbidagi cho‘llarning kengayishi ta’siridan aziyat chekmoqda. Ularning qum bo‘ronlari ba’zan hatto Pekinga ham yetib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Tramp: Ukrainadagi sulhni yevropaliklar nazorat qilib boradi
Yaponiya kompaniyalari Oyda foydali qazilmalarni qazib olmoqchi
Qrim parlamenti rahbari: Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi Zelenskiy uchun signal
Eron valyutasi rekord darajada qadrsizlandi
Hindistonlik Gukesh Dommaraju shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempioni bo‘ldi