00:21 / 02.01.2025
98

Koinotdagi chiqindilar Er orbitasini falaj qilishi mumkin

Koinotdagi chiqindilar Er orbitasini falaj qilishi mumkin
Foto: Shutterstock
Koinotdagi chiqindilar Er orbitasiga xavf solmoqda, deb yozdi CNN. Oxirgi toʻrt yil ichida koinotga turli jismlarni uchirish sur'ati keskin oʻsdi. Bu tahdidli vaziyatni yuzaga keltiradi, dedi Arizona universiteti professori Vishnu Reddi.

Gap Kessler sindromi haqida bormoqda - kosmik kemalarning toʻqnashuvi yoki ularning qoldiqlari minglab va minglab yangi, kichikroq boʻlaklarning paydo boʻlishiga olib keladi. Ularning aksariyatini koʻz ilgʻamaydi, deb ta'kidladi olim. Kessler sindromining ehtimoliy nazoratsiz rivojlanishi uzoq vaqt davomida raketalar parvozini imkonsiz qilishi mumkin.

Reddi soʻzlariga koʻra, geostatsionar orbita alohida xavf tugʻdiradi. U taxminan 35 ming kilometr balandlikda joylashgan boʻlib, bu erda televideniye va aloqa yoʻldoshlari joylashgan. Agar Kessler sindromi yuzaga kelsa, bu orbitani tozalash juda qiyin ish boʻladi.

Evropa kosmik agentligi ma'lumotlariga koʻra, 1957 yilda kosmik tadqiqotlar boshlanganidan beri koinotda 650 dan ortiq «portlash, toʻqnashuv yoki parchalanishga olib kelgan anomal hodisalar» sodir boʻlgan.

Bunday hodisalar qatoriga sun'iy yoʻldoshlarning tasodifiy toʻqnashuvi, raketa va kosmik kema qismlarining kutilmagan portlashi, AQSh, Rossiya, Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlarda oʻtkazilgan qurol-yarogʻ sinovlari va ular orbitadagi turli balandliklarda parchalarni sochishi kiradi.

Ikki kosmik ob'ekt oʻrtasidagi soʻnggi yirik tasodifiy toʻqnashuv 2009 yil fevral oyida sodir boʻlgan. Shunda Rossiyaning «Kosmos 2251» harbiy sun'iy yoʻldoshi Amerikaning Iridium aloqa sun'iy yoʻldoshi bilan toʻqnashdi. Oqibatda diametri taxminan 10 sm boʻlgan 2 mingga yaqin parchalar ulkan bulutni hosil qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo