
Dam olish kunlari "Real" "Valensiya"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi. Hujumchi Kilian Mbappe dubl qayd etdi va keyin penaltini ijro etish huquqini Vinisius Juniorga berdi.
Braziliyalik futbolchi penaltini golga aylantira olmadi. O'sha vaqtda tablodagi hisob 2:0 edi.
Sports Vibes TV nashri The Athletic manbasiga tayanib xabar berishicha, Mbappe bundan buyon penalti zarbalarini sheriklariga topshirmaslikka qaror qilgan. Hatto "Real" bir o'yinda uchta penalti olsa ham, Kilian ularning barchasini o'zi bajarishni rejalashtirmoqda.
"Real" Ispaniya La Ligasida peshqadam bo'lib, ikkinchi o'rindagi "Barselona"ni besh ochkoga (30 ochko qarshi 25) ortda qoldirmoqda. Seshanba kuni "qaymoqranglilar" Chempionlar ligasida "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi.
Mbappe penalti zarbalarini o'zi bajarishga qaror qildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing