Ronaldu: "Amorim moʻjizalar yaratolmaydi"

Ronaldu: "Amorim moʻjizalar yaratolmaydi"
Qisqacha

Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ning so'nggi yillardagi muammolari faqat futbolchilar va murabbiylar bilan bog'liq emasligini aytib, Ruben Amorimni qo'llab-quvvatladi. U Amorim qo'lidan kelgan barcha ishni qilayotganini, ammo mo'jizalar yaratolmasligini ta'kidladi. Ronaldu jamoada yaxshi futbolchilar borligini, lekin ayrimlari hatto "Manchester Yunayted" nima ekanini tushunmasligini bildirdi.

Ronaldu: "Amorim moʻjizalar yaratolmaydi"
Krishtianu Ronaldu soʻnggi yillardagi "Manchester Yunayted"ning muammolari faqat futbolchilar va murabbiylar bilan bogʻliq emasligini taʼkidladi. Mashhur hujumchi vatandoshi Ruben Amorimni qoʻllab-quvvatladi.

Amorim ayni paytda jamoaning bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda. "Amorim qoʻlidan kelgan barcha ishni bajaryapti.

U nimani qila oladi? Moʻjizalar yaratadimi?

Moʻjizalar imkonsiz. Bizning Portugaliyada aytishadi: "Moʻjizalar faqat Fatimada boʻladi"...

U [Amorim] esa bunday moʻjiza koʻrsatolmaydi. Jamoada yaxshi futbolchilar bor, lekin ayrimlari hatto "Manchester Yunayted" nima ekanini tushunmaydi", — dedi Ronaldu Pirs Morgan bilan intervyusida.

Hafta oxirida "Manchester Yunayted" "Nottingem Forest" bilan durang oʻynadi (2:2). "Qizil iblislar" ayni damda Premer-liga jadvalida sakkizinchi oʻrinni egallab turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar