Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”

2 daqiqa o'qish264
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Foto: Tocka
AQSh yadroviy qurol tashuvchi F-35 qiruvchi samolyotlarini joylashtirish uchun Grenlandiyadagi aerodrom infratuzilmasini rivojlantirmoqda. Bu haqda Rossiyaning Daniyadagi elchisi Vladimir Barbin ma'lum qildi.

Rossiya elchisiga koʻra, F-35 qiruvchi samolyotlari allaqachon harbiy mashgʻulotlar doirasida ushbu aerodromdan foydalangan.

"Orolda joylashgan AQShning Pituffik (sobiq Tule) harbiy-kosmik bazasi bugungi kunda Amerikaning Arktika yoʻnalishidan keladigan raketa hujumini erta aniqlash tizimining bir qismi hisoblanadi. Radar tizimlarini ham oʻz ichiga olgan holda, bazada qiymati milliardlab AQSh dollariga teng boʻlgan keng koʻlamli modernizatsiya ishlari olib borilmoqda", dedi Vladimir Barbin.

Elchi shu sababli Rossiya “Arktikada barqarorlikni mustahkamlash tarafdori” ekanini ta'kidladi.

"Bu faqat barcha Arktika davlatlari uchun teng boʻlgan xalqaro xavfsizlik tizimini yaratish asosida amalga oshirilishi mumkin", dedi Rossiya elchisi.

Shuningdek, u AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Grenlandiyaga yondashuvi mintaqadagi vaziyatni tanazzulga olib kelishidan ogohlantirdi.

Trampning orol ustidan nazoratni qoʻlga kiritishga intilishi Arktikada barqarorlikni mustahkamlash va muloqotni rivojlantirishni istamasligini koʻrsatadi, dedi Barbin va Rossiya buni harbiy rejalashtirish jarayonida hisobga olishini aytdi.

Tramp Grenlandiyani oʻzlashtirmoqchi

Tramp bir necha bor Grenlandiya AQSh tarkibiga kirishi kerakligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, orol milliy xavfsizlik va himoya uchun, jumladan, Xitoy va Rossiyadan himoyalanishda strategik ahamiyatga ega.
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Grenlandiya bosh vaziri Muke Egede bunga javoban orol “hech qachon sotilmaydi” deb javob berdi. Shu bilan birga, u orol Daniyadan mustaqillikka erishmoqchi ekanini tan oldi. Grenlandiya 1953 yilgacha Daniya mustamlakasi boʻlgan va hozirgacha qirollikning bir qismi boʻlib qolmoqda. 2009 yilda orol oʻzini oʻzi boshqarish va ichki siyosatda mustaqil tanlov qilish imkoniyati bilan avtonomiyaga ega boʻldi.

Bloomberg manbalariga koʻra, Tramp jamoasi Grenlandiya bilan qiziqishgan, chunki orolda elektron qurilmalarda ishlatiladigan oltin, olmos, uran va nodir metallarning katta zaxiralari mavjud. AQShning Grenlandiya mineral-xom ashyo sektoriga kiritgan sarmoyasi dunyoning nodir metallar bozorida Xitoyning hukmronligiga qarshi kurashda hal qiluvchi rol oʻynashi mumkin.
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Trampning tahdidlari fonida Daniya Grenlandiya mudofaasini kuchaytirib, gerbini oʻzgartirdi. Qirol Frederik X Norvegiya va Shvetsiya bilan ittifoqqa ishora qilgan va 500 yildan ortiq vaqt davomida gerbda boʻlgan uchta tojni olib tashlashni buyurdi.

Grenlandiya va Farer orollari ramzlari — oq ayiq va qoʻchqor ikki qismga boʻlinib, ikkinchi va uchinchi maydonlarga koʻchirildi, ya'ni kattalashtirildi. Daniya va Janubiy Yutlandiya ramzlari esa birinchi va toʻrtinchi maydonlarga oʻtkazildi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?