
Foto: AP Photo
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumatdagi koalitsiyasining ultra oʻng qanot a'zolariga Gʻazodagi urushni davom ettirishga va'da berdi. U bitimning birinchi bosqichidan soʻng buni amalga oshirishni aytdi. Bu haqda manbalarga tayanib, Washington Post xabar berdi.
Manbalarga koʻra, Netanyaxuning bir qator hamkorlari Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvni vaqtli deb hisoblagan. Ular koalitsiyasidan chiqish va “hukumatni agʻdarish” bilan tahdid solishgan. Buni Isroil milliy xavfsizlik vaziri va “Otzma Ehudit” partiyasi rahbari Itamar Ben-Gvir ochiq aytgan.
Moliya vaziri Betsalel Smotrich esa hukumatda qolish uchun shart qoʻygan. U “toʻliq gʻalabaga erishmaguncha” urushni “yanada kuchliroq, toʻliq qudrat va yangi shaklda” davom ettirishdan iborat. Aynan shu vazirlar Gʻazo sektori aholisiga insonparvarlik yordami etkazib berishni toʻxtatishga chaqirgandi. Ben-Gvir shu yoʻl bilan HAMASni taslim boʻlishga undashni moʻljallagan. Smotrich esa Falastin harakati isroillik garovga olinganlarni ozod qiladi, deb umid qilgan.
Vazirlarning mazkur bayonotlari tufayli AQSh va Evropa ittifoqi ularga sanktsiya qoʻllashni koʻrib chiqqan, biroq bu natija bermagan.
Isroil va HAMAS oʻt ochishni toʻxtatish bitimini imzoladi
Bitimning birinchi bosqichida HAMAS Isroil tomoniga 33 nafar garovga olinganlarni topshiradi, ularning aksariyati tirik deb taxmin qilinmoqda. Bular asosan ayollar, bolalar, keksalar, bemorlar va yaradorlardir. Bunga javoban Isroil yuzlab falastinlik mahbuslarni qamoqdan ozod qiladi.
Kelishuv shartlariga koʻra, Isroil armiyasi Gʻazo sektori hududlarining aksariyat qismidan chiqib ketadi, faqatgina Gʻazo sektori va Misr oʻrtasidagi Filadelfiya yoʻlagida, shuningdek, Falastin eksklavi va Isroil chegarasidagi maxsus bufer hududida harbiy mavjudligini saqlab qoladi. Gʻazoning tinch aholisi oʻz uylariga, jumladan, janglar tufayli eng koʻp zarar koʻrgan shimoliy hududlarga ham qaytish imkoniyatiga ega boʻladi.
Oʻn oltinchi kuni bitimning ikkinchi bosqichi boʻyicha muzokaralar boshlanadi. Bu bosqichda Isroilga garovga olingan erkaklar va halok boʻlgan asirlarning qolgan jasadlari topshirilishi mumkin. Baydenning ta'kidlashicha, kelishuvning uchinchi bosqichi Gʻazoning urushdan keyingi tiklanishiga qaratiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar