
AQSH prezidenti Donald Tramp uchinchi muddatga saylanish ehtimolini istisno etmadi. 30 mart kuni NBC telekanaliga bergan intervyusida u "ko‘p odamlar buni xohlashini" va buni amalga oshirish uchun "usullar borligini" ta’kidladi. "Ammo oldimizda uzoq yo‘l bor. Men bor e’tiborimni hozirgi daqiqaga qaratganman", — deya qo‘shimcha qildi u. Biroq telekanal mazkur intervyuning to‘liq yozuvini e’lon qilmasdan, stenogramma parchalarinigina taqdim etdi.
Tramp hokimiyatda qolish uchun qanday aniq mexanizmlardan foydalanishi mumkinligi haqida savolga javob berishdan bosh tortdi. Biroq u jurnalist tomonidan taklif etilgan versiyani rad etmadi. Unga ko‘ra, AQSHning vitse-prezidenti Jey Di Vens 2028 yilda saylovda g‘alaba qozonishi va keyinchalik bu lavozimni Trampga topshirishi mumkin.
Yangi bojlar joriy etilishi mumkin
Shuningdek, Tramp ma’muriyati yaqin haftalar ichida mis importiga bojlar joriy qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi manbalarga tayanib xabar berdi.
"Ma’muriyat (Tramp ma’muriyati) tezkor tekshiruv o‘tkazmoqda va qaror 270 kunlik muddat tugashidan ancha oldin qabul qilinishi mumkin", — dedi agentlik manbalari.
Bloomberg ta’kidlaganidek, fevral oyida AQSH prezidenti Tramp Savdo vazirligiga mis importiga bojlar joriy etish imkoniyatini o‘rganish va 270 kun ichida hisobot tayyorlashni topshirgan.
Venesuela neftiga cheklovlar
24 mart kuni Tramp AQSH 2 apreldan boshlab Venesueladan neft yoki gaz sotib oluvchi davlatlarga 25 foizlik import bojlari joriy etishini ma’lum qildi. U bu choralarni "ikkinchi darajali bojlar" deb atadi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu cheklovlar Venesuelaning AQSHga jinoyatchilar va xalqaro uyushgan jinoiy guruhlar a’zolarini yuborishi bilan bog‘liq.
Po‘lat va alyuminiyga bojlar
17 mart kuni Tramp Qo‘shma Shtatlar 2 apreldan boshlab istisnolarsiz po‘lat va alyuminiyga bojlar joriy etishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bu bojlar boshqa davlatlar tomonidan Amerika tovarlariga joriy qilinayotgan import to‘lovlariga teng bo‘ladi.
Bu chora-tadbirlar Tramp ma’muriyatining iqtisodiy siyosatini qat’iylashtirishga qaratilgani bilan izohlanmoqda. Uning tanqidchilari esa bu harakatlarni proteksionistik yo‘nalishdagi siyosat deb baholamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar