
Avstraliyalik olimlar tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot global isishning odamlar ruhiy salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatdi. Tahlillarga ko‘ra, agar iqlim o‘zgarishiga qarshi keskin choralar ko‘rilmasa, 2050 yilga kelib ruhiy va xulq-atvor buzilishlari (RXB) holatlari qariyb 49 foizga oshishi mumkin. Bu haqda Nature Climate Change jurnali xabar berdi.
Tadqiqot davomida 2003–2018 yillar oralig‘ida Avstraliyada to‘plangan tibbiy ma’lumotlar tahlil qilindi. Mutaxassislar issiqlik darajasi va RXBga bog‘liq kasalxonaga yotqizilish o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aniqlashdi. Tushkunlik, xavotir, shizofreniya va giyohvandlik kabi holatlar issiq ob-havo paytida keskin ko‘paygan.
Misol uchun: 2008 yilda Adelaidadagi 15 kunlik jazirama paytida bolalar orasida kasalxonaga yotqizish 64 foizga, keksalar orasida esa 10 foizga oshgan.
Hatto nisbatan mo‘tadil isish ssenariysida ham (2100 yilgacha 3°C dan kam) 2030 yillarga kelib Avstraliyada ruhiy kasalliklar 11 foizga, 2050 yillarda esa 27,5 foizga ko‘payishi kutilmoqda. Agar issiqlik keskin o‘ssa, bu ko‘rsatkich qariyb 49 foizga yetishi mumkin. Ayniqsa, tarixan issiq ob-havoga ko‘nikmagan mintaqalarda bu xavf katta.
Nega issiqlik ta’sir qiladi?
Oqibatlar juda aniq: issiqlik uyquni buzadi, stress darajasini oshiradi va markaziy asab tizimiga kislorod yetkazilishini kamaytiradi. Bu esa mavjud ruhiy kasalliklarni og‘irlashtiradi. Yoshlar esa ayniqsa xavf ostida — ular ko‘pincha ochiq havoda ishlaydi va ehtiyot choralarini kam ko‘radi.
Tadqiqotchilar fikricha, iqlim o‘zgarishiga moslashish jarayonida ruhiy salomatlikni himoya qilish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lishi lozim. Aks holda, issiqlikning kuchayishi butun jamiyat miqyosida ruhiy sog‘liq yukini og‘irlashtirishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar