date

Inson genini olgan sichqonlar “so‘zlashish”ga urina boshladi

Inson genini olgan sichqonlar “so‘zlashish”ga urina boshladi
Ilm-fan yana bir hayratlanarli bosqichga qadam qo‘ydi — Nyu-Yorkdagi Rokfeller universiteti olimlari sichqonlarga inson geni bo‘lgan NOVA1 oqsilining modifikatsiyalangan shaklini joylashtirish orqali hayvonlar orasida “murakkab muloqot” imkonini o‘rganishmoqda.

Bu oqsil inson miyasi rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi — xususan, til va nutq qobiliyatiga bog‘liq neyron tarmoqlarning shakllanishi aynan shu modda bilan bog‘liq. Olimlar NOVA1'ni genetik o‘zgartirib, uni sichqonlarga kiritish orqali go‘yoki “insonlashgan” sichqonlarni yaratishdi va natijalar kutilgandek qiziqarli bo‘ldi.

Tajriba davomida sichqonlar avval kuzatilmagan, bir-biriga o‘xshamaydigan murakkab tovushlar chiqara boshlagan. Ularning tovush shakllari qayta-qayta takrorlangan, ba’zi holatlarda “munoqashaga o‘xshash”(fikr almashinuvi) holatlar ham qayd etilgan. Olimlar sichqonlar orasida o‘zaro aloqaga urinish darajasi oshganini tasdiqlashmoqda.

Albatta, bunday “so‘zlar”ni inson qulog‘i eshitolmaydi. Lekin maxsus akustik asboblar orqali yozib olingan tovushlar tahlili sichqonlar o‘rtasida farqlanadigan va ma’lum shakllarga ega bo‘lgan akustik signallar mavjudligini ko‘rsatgan.

Mutaxassislar ushbu tadqiqot natijalari nafaqat tilning paydo bo‘lishiga, balki sun’iy intellekt, neyroilmiy muolajalar, va hatto logopediya sohalarida ham yangi yondashuvlarga asos bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Shunday ekan, sichqonlar hali gapirmayapti, lekin "so‘zlashishga" jiddiy qadam tashlayotgandek ko‘rinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Inson genini olgan sichqonlar “so‘zlashish”ga urina boshladi