date

O‘zbekiston tarixida ilk bor oylik sayyohlar soni milliondan oshdi

O‘zbekiston tarixida ilk bor oylik sayyohlar soni milliondan oshdi

O‘zbekiston turizm sohasida yangi rekordni qayd etdi — 2025 yil aprel oyidan beri mamlakat har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy sayyohni qabul qilmoqda.

Milliy statistika ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida 8,6 milliondan ziyod turist O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga o‘sganini anglatadi.

Turistlar oqimi ayniqsa bir qator davlatlar bo‘yicha keskin ortgan. Jumladan, Britaniyadan keluvchi sayyohlar soni 2,6 baravarga, Qatardan — 6,2 baravarga, AQSHdan — 3 baravarga, Fransiyadan — 2,9 baravarga, Rossiyadan — 2,1 baravarga, Vengriyadan — 3,3 baravarga, Germaniyadan — 2,5 baravarga, Polshadan esa 6,2 baravarga ko‘paygan.

Shuningdek, joriy yilda turistik xizmatlar eksporti ham yuqori ko‘rsatkichga erishib, 3,6 milliard AQSH dollaridan oshgan.

Mutasaddilar fikricha, bu yutuq O‘zbekistonning turistik salohiyatini oshirish, xalqaro aviaqatnovlarni kengaytirish va xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar samarasidir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston tarixida ilk bor oylik sayyohlar soni milliondan oshdi