date

Instagram o‘smirlar xavfsizligi uchun yangi filtr ishga tushirdi

Instagram o‘smirlar xavfsizligi uchun yangi filtr ishga tushirdi

Instagram o‘smirlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi cheklovlarni joriy etmoqda, deb xabar berdi TechCrunch. Endilikda 18 yoshdan kichik foydalanuvchilar uchun kontent PG-13 reytingi asosida filtrlanadi — ya’ni ular zo‘ravonlik, uyatsiz sahnalar yoki giyohvand moddalar bilan bog‘liq materiallarni ko‘ra olmaydi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, bu sozlamalarni foydalanuvchining o‘zi mustaqil ravishda o‘zgartira olmaydi — faqat ota-ona yoki vasiyning ruxsati bilangina o‘zgartirish mumkin.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq “Cheklangan kontent” nomli yanada qat’iy filtrni ham ishga tushirmoqda. U o‘smirlarga muayyan turdagi postlarni ko‘rish yoki ularga izoh qoldirishni taqiqlaydi.

Instagram 2026 yildan boshlab bu filtrni sun’iy intellekt (AI) chatlariga ham tatbiq etishni rejalashtirgan. Ya’ni yosh foydalanuvchi AI bilan muloqot qilganida, u ham yoshga mos bo‘lmagan kontentni ko‘rmaydi.

Kompaniya shuningdek, o‘smirlarni yoshiga mos bo‘lmagan kontent joylaydigan akkauntlardan himoya qiladi. Agar 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchi shunday sahifaga obuna bo‘lsa, u bu akkauntning postlarini ko‘rolmaydi, ular bilan muloqot qila olmaydi va bu sahifalar tavsiyalar ro‘yxatidan ham chiqariladi.

Hozircha yangilanishlar AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Kanadada amalga oshirilmoqda. Kompaniya ma’lum qilishicha, kelasi yilda ushbu funksiyalar butun dunyo bo‘ylab joriy etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Instagram o‘smirlar xavfsizligi uchun yangi filtr ishga tushirdi