date

Turkiyada erkin ishlash huquqi endi faqat etnik turklarga beriladi

Turkiyada erkin ishlash huquqi endi faqat etnik turklarga beriladi

Turkiyada yangi qabul qilingan qaror jamoatchilikda turli talqinlarga sabab bo‘ldi. Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘on imzolagan farmon avval xabar qilinganidek barcha turkiy davlatlar fuqarolariga emas, balki faqat turk kelib chiqishiga ega chet el fuqarolariga taalluqli ekani aniq bo‘ldi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hujjat “Turk kelib chiqishiga ega chet el fuqarolarining erkin kasbiy faoliyati va Turkiya davlat hamda xususiy muassasalarida ishga joylashishi to‘g‘risida”gi qarorni qisman yangilaydi. Endi faqat turk millatiga mansubligi isbotlangan shaxslargina Turkiyada maxsus ruxsatsiz ishlashi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi izoh berishicha, mazkur qaror O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston fuqarolariga tatbiq etilmaydi. Ular uchun Turkiyada mehnat faoliyati amaldagi qonunchilik asosida — ish vizasi va ruxsatnoma orqali amalga oshiriladi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu qaror Turkiyaning ichki mehnat bozorini muhofaza qilish va mahalliy kadrlarga ustuvorlik berish maqsadida qabul qilingan. Shu bilan birga, kelgusida turkiy davlatlar bilan mehnat munosabatlarini yengillashtiruvchi yangi kelishuvlar ishlab chiqilishi ehtimoldan xoli emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada erkin ishlash huquqi endi faqat etnik turklarga beriladi