Olmaota viloyatida ikki kishining o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar bermoqda Zakon.kz.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia Jalpaqsoy qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga asosan, 34 yoshli VAZ haydovchisi asosiy yo‘lda harakatlanayotgan Hyundai Grandeur'ga yo‘l bermagan. Ushbu avtomobil rulida esa 13 yoshli bola bo‘lgan.
Qattiq zarba natijasida Hyundai ustunga borib urilgan. Natijada VAZ haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan, bola esa shifoxonaga yetkazilgan.
Viloyat politsiyasi ma’lum qilishicha, hodisa 13 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:30 larda ro‘y bergan. Tergovchilar YTH yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atishgan va hozirda voqea sabablari bo‘yicha xolis tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!