Chegaradagi yangi hujum: Pokiston va Tolibon bir-birini ayblamoqda

1 daqiqa o'qish126
Chegaradagi yangi hujum: Pokiston va Tolibon bir-birini ayblamoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Pokiston yakshanba kuni Afg'oniston bilan chegaradosh hududlarga havo zarbalari berib, quruqlik qo'shinlarini kiritishi ikki davlat o'rtasidagi keskinlikni yanada kuchaytirdi.
  • Afg'onistonning "Tolibon" hukumati hujumlar natijasida kamida 36 nafar tinch aholi, jumladan ayollar va bolalar halok bo'lganini va 160 nafardan ortiq kishi jarohatlanganini bildirdi.

Pokiston yakshanba kuni Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarga havo zarbalari berdi va quruqlik qo‘shinlarini kiritdi. Hodisa oqibatida o‘nlab insonlar halok bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi keskinlik yanada kuchaydi.

Afg‘onistonning "Tolibon" hukumati ma’lum qilishicha, hujumlar natijasida kamida 36 nafar tinch aholi, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘lgan, 160 nafardan ortiq kishi jarohatlangan. Kobul ushbu hujumni «qo‘rqoqlarcha harakat» hamda «jinoyat va vahshiylik» deb baholadi.

Pokiston axborot vaziri Attoulloh Tarar esa zarbalar jangarilar yashiringan obyektlarga berilganini bildirdi. Uning aytishicha, operatsiya davomida 29 nafar jangari yo‘q qilingan. Rasmiylarga ko‘ra, bu hujumlar Pokistonda tinch aholiga qarshi sodir etilgan so‘nggi terrorchilik hujumlariga javob bo‘lgan.

Pokiston uzoq vaqtdan beri Afg‘onistonni chegara ortidan hujumlar uyushtiruvchi terrorchi guruhlarga boshpana berayotganlikda ayblab keladi. "Tolibon" hukumati esa bu da’volarni rad etadi. Kobul, o‘z navbatida, Pokistonni tinch aholi yashaydigan hududlarga asossiz hujum qilishda ayblamoqda.

Afg‘oniston hukumatiga ko‘ra, zarbalar tinch aholi uylariga berilgan bo‘lsa, Pokiston ular Paktiya, Paktika va Kunar viloyatlaridagi jangarilar yashiringan joylarga qaratilganini bildirgan. Eng ko‘p qurbonlar Paktika viloyatining Mandoxayl qishlog‘ida qayd etilgan.

Hujumlardan bir kun avval Karachi shahridagi Sind reynjerlari qarorgohiga uyushtirilgan teraktda uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Shuningdek, uch nafar jangari o‘ldirilgan, yana bir gumondor qo‘lga olingan. Mas’uliyatni TTPning bo‘lingan qanoti hisoblangan «Jamoat-ul-Ahror» guruhi o‘z zimmasiga olgan.

So‘nggi oylarda Pokiston va Afg‘oniston chegarasida to‘qnashuvlar tez-tez takrorlanmoqda. Fevral oyidagi qurolli mojarolarda o‘nlab insonlar halok bo‘lgan. Iyun oyi boshida Pokiston havo zarbalarida 26 nafar jangari o‘ldirilganini ma’lum qilgan bo‘lsa, Afg‘oniston tomoni bu hujumlarda 13 nafar, asosan bolalar ham halok bo‘lganini bildirgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?