date

Toshkentlik Gor AQSh-O‘zbekiston biznes kengashiga rais bo‘ldi


Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha AQSh maxsus vakili, asli toshkentlik Serjio Gor yangi Amerika-O‘zbekiston biznes va investitsiya kengashi raisi etib tayinlandi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti xabar berdi.

Gor ushbu lavozimda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bilan birgalikda faoliyat yuritadi. AQSh tomoni ma’lum qilishicha, kengashning tashkil etilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga yanada amaliy ruh bag‘ishlab, ishbilarmonlar uchun hamkorlikni tezlashtirish, o‘zaro investitsiyalarni kengaytirish va yuqori texnologiyali sohalarda hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish imkoniyatini yaratadi.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Vashingtonda o‘tgan C5+1 sammitidagi muzokaralarining mantiqiy davomidir. Kengash Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibi va reglamenti uchun Saida Mirziyoyeva mas’ul bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Toshkentlik Gor AQSh-O‘zbekiston biznes kengashiga rais bo‘ldi