date

«Al Hilol» derbida g‘alaba qozondi: Krishtianu Ronaldu 959-golini urdi

«Al Hilol» derbida g‘alaba qozondi: Krishtianu Ronaldu 959-golini urdi

Saudiya Arabistoni Proligasining 15-turi doirasida o‘tgan markaziy bahs futbol muxlislarini befarq qoldirmadi. Mamlakatning eng prinsipial to‘qnashuvlaridan biri sanalgan «Al Hilol» — «An Nasr» o‘yinida maydon egalari 3:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv Simeone Inzagi shogirdlari ustunligida o‘tdi. Birinchi bo‘limda hisobni mehmonlar yetakchisi Krishtianu Ronaldu ochdi. Portugaliyalik yulduz 42-daqiqada o‘z faoliyatidagi 959-golni urdi va yana bir bor tarix sahifalarini yangiladi. Ammo bu gol «An Nasr» uchun hal qiluvchi bo‘la olmadi.

Ikkinchi bo‘limda «Al Hilol» butunlay tashabbusni qo‘lga oldi. Salim Ad-Dovsari 57-daqiqada penaltidan aniq zarba yo‘llab, muvozanatni tikladi. O‘yin taqdiri esa 81-daqiqada Kannoning golidan keyin hal bo‘ldi. Bahsga qo‘shimcha qilingan daqiqalarda Nevesh penaltidan uchinchi golni urib, g‘alabani mustahkamladi.

Uchrashuvning burilish nuqtalaridan biri «An Nasr» darvozaboni Neveshga qilgan qo‘pol harakati sabab maydondan chetlatilishi bo‘ldi. Bu holat Jorji Jezus jamoasiga katta psixologik ta’sir ko‘rsatdi va mehmonlar qarshilik ko‘rsata olmadi.

Saudiya Proligasi. 15-tur

Al Hilol – An Nasr 3:1

Gollar: Ad Dovsari 57 pen, Kanno 81, Nevesh 90+2 pen – Ronaldu 42

Al Hilol — Alyami, Hamad, At Tambakti, Motib, Ernandes, Nosir Ad Dosari (Kanno, 76), Nevesh, Milinkovich-Savich, Salim Ad Dosari, Malkom, Nunes

An Nasr — Navaf, Bushal, Martines, Simakan (Al Hassan, 72), Ayman, Brozovich, Haybari, Arnelo, Koman, Feliks, Ronaldu (Vesli, 83)

Ushbu natijadan so‘ng «Al Hilol» ochkolari sonini 38 taga yetkazib, chempionlik poygasidagi pozitsiyasini yanada mustahkamladi. «An Nasr» esa 31 ochko bilan ortda qoldi. Saudiya derbisida g‘alaba qozongan «Al Hilol» muxlislari esa jamoaning hozirgi formasi va ishonchi mavsum davomida katta natijalarga olib kelishini umid bilan kutishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Al Hilol» derbida g‘alaba qozondi: Krishtianu Ronaldu 959-golini urdi