date

Koreyada o'zbek tilida bank xizmatlari yo'lga qo'yildi

Koreyada o'zbek tilida bank xizmatlari yo'lga qo'yildi
Janubiy Koreyaning Shinhan Banki endilikda o'z mijozlari uchun o'zbek tilida moliyaviy maslahat xizmatlarini taqdim etmoqda. Bu haqda The Korea Herald xabar berdi.

Umuman olganda, bank xorijliklar uchun 12 tilda xizmat ko'rsatadi, jumladan rus tilida ham. O'zbek tilidagi moliyaviy xizmatlarga bo'lgan talab Janubiy Koreyaga ish izlab kelayotgan o'zbekistonliklar oqimi ortishi sabab oshgan.

Shinhan Bankning chet elliklar bilan ishlash markazi koreys tilini bilmaydigan mijozlar uchun xalqaro pul o'tkazmalari, hisob raqamlarini ochish, mobil bank xizmatlari va og'zaki tarjima xizmatlarini taklif qiladi. "Biz xorijlik mijozlar uchun moliyaviy xizmatlar bilan bog'liq "ko'r kunlik" masalalarni bartaraf etishda davom etamiz", — dedi bank vakili.

Shinhan Bank Seulda bosh qarorgohi joylashgan Janubiy Koreyaning yirik moliyaviy konglomeratlaridan biri hisoblanadi. Bankning tarixi 1897-yilda Hanseong Bank nomi bilan tashkil etilgan mamlakatdagi birinchi bankka borib taqaladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Koreyada o'zbek tilida bank xizmatlari yo'lga qo'yildi