Osiyo kubogi U-23. Yaponiya Xitoyni yengib, qit’a chempioniga aylandi

Saudiya Arabistonida o‘tgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi yakuniga yetdi.
Finalda amaldagi chempion Yaponiya Xitoy darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi va qatorasiga ikkinchi bor, umumiy hisobda esa uchinchi marta qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi.
Osiyo kubogi U-23. Final
Xitoy — Yaponiya 0:4
24 yanvar. Jidda. Shahzoda Abdulla al Faysal nomidagi stadion
Gollar: 0:1 — 12’ Yu. Ozeki, 0:2 — 20’ K. Ogura, 0:3 — 59’ R. Sato (pen), 0:4 — 76’ K. Ogura.
Xitoy U-23: Li Xao, Yang Si, Yusup Umidjon, Pen Syao, Lyu Xaofan, X-u Xetao, Mutallip Iminqari, Syuy Bin, Li Chjensyuan, Syan Yuyvan, Van Yuydun.
Yaponiya U-23: Rui Araki, Kayto Koizumi, Shuto Nagano, Rion Ichixara, Rey Umeki, Yuto Ozeki, Kosey Ogura, Ryunosuke Sato, Shusuke Furuya, Yumey Yokoyama, Nvadike Uchebrian.
Ma’lumot uchun, 23 yanvar kuni 3-o‘rin uchun kechgan bellashuvda Vetnam Janubiy Koreyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, bronza medallariga sazovor bo‘lgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!