Bavariya 322 kundan keyin uyda mag‘lub bo‘ldi

“Bavariya” o‘z maydonida muxlislarini ranjitdi. Vensan Kompani jamoasi “Augsburg”ga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limi o‘rtalarida hisobni ochgan bo‘lsa-da, yakunda 1:2 hisobida yutqazdi. Bu natija myunxenliklar uchun joriy Bundesligadagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qayd etish joiz, “Bavariya” Germaniya chempionatida uy uchrashuvida oxirgi bor 322 kun avval — o‘tgan yil 8 mart kuni mag‘lub bo‘lgan edi. O‘shanda ular “Boxum”ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Endilikda Bundesligada ikkinchi o‘rinda borayotgan Dortmundning “Borussiya”si “Bavariya”dan ortda qolayotgan farqni qisqartirish imkoniga ega. Hozir bu tafovut 11 ochkoni tashkil etadi. “Borussiya” keyinroq Berlinning “Union” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!