date

Orascom Oʻzbekiston shakar sanoatida qoʻshilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirishdan manfaatdor

Orascom Oʻzbekiston shakar sanoatida qoʻshilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirishdan manfaatdor

Misrning yirik investitsiya kompaniyalaridan biri — Orascom Investment (Nile Sugar) delegatsiyasi Oʻzbekistonga xizmat safari bilan keldi. Tashrif doirasida kompaniya vakillari mamlakatdagi yetakchi salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalarga borib, ishlab chiqarish quvvatlari, xomashyo ehtiyoji va texnologik jarayonlar bilan tanishdi. Bu haqda uzdaily.uz xabar beradi.

Uchrashuvlarda tomonlar Oʻzbekistonda shakar ishlab chiqarishni kengaytirish, ichki bozorni sifatli mahsulot bilan barqaror taʼminlash hamda tayyor mahsulot zanjirida mahalliy xomashyo ulushini oshirish masalalarini muhokama qildi. Misr tomoni salqin ichimliklar ishlab chiqarishda foydalanish uchun oʻzbek shakarini toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilishga qiziqish bildirdi.

Kutilishicha, bunday hamkorlik modeli yirik korxonalarni arzon va sifatli shakar bilan uzluksiz taʼminlashga, mahalliy shakar sanoati uchun barqaror bozor shakllantirishga, import hajmini qisqartirishga va qoʻshilgan qiymat zanjirini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu yondashuv Oʻzbekistonda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va sanoat integratsiyasini chuqurlashtirish siyosatiga mos keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Orascom Oʻzbekiston shakar sanoatida qoʻshilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirishdan manfaatdor