De Dzzerbi Lensni peshqadamlikka munosib jamoa dedi

“Marsel” bosh murabbiyi Roberto De Dzzerbi Fransiya chempionatining 19-turida “Lens”ga qarshi uchrashuv oldidan fikr bildirdi. O‘yin 24-yanvar kuni 01:05 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis “Lens”ni barqarorligi, jamoaviy tashkilotchiligi va sifatli o‘yini uchun alohida ta’kidladi. “Ular turnir jadvalida birinchi bo‘lishga munosib. Futbolchilari hozirgi natijalarini halol mehnati bilan qo‘lga kiritgan. Bizda ham kuchli jihatlar bor: ba’zan ularni ko‘rsatamiz, ba’zan yo‘q. Uchashuvni boshidan oxirigacha to‘g‘ri o‘tkazib, istalgan raqibni yenga olishimizni isbotlashimiz kerak”, — dedi De Dzzerbi.
Hozirda “Lens” 43 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, “Marsel” esa 35 ochko bilan uchinchi o‘rinda. Agar “Lens” turda ochko yo‘qotsa, peshqadamlik 45 ochkoli “PSJ”ga o‘tishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!