Valensiya 90-daqiqadagi penaltidan keyin Espanolni yengdi

La Liganing 21-turida “Valensiya” “Mestalya”da “Espanol”ni qabul qildi. Mezbonlar hujumda uncha ko‘p vaziyat yarata olmagan bo‘lsa-da, uch ochkoni so‘nggi daqiqalarda ilib ketdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hisob 15-daqiqada ochildi: Lukas Beltran jarima maydonida Ugo Duroni topdi va hujumchi yaqin masofadan aniq zarba bilan “Valensiya”ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida “Espanol” javob qaytardi — 54-daqiqada Kike Garsiyaning zarbasini darvozabon qaytargach, Ramon Terrats to‘pni qayta hujumda darvozaga joylab qo‘ydi (1:1).
Oradan besh daqiqa o‘tib, Arno Danjumadan uzatilgan to‘pga Erai Ko‘mert bosh bilan zarba berib, mezbonlarni yana oldinga chiqarib qo‘ydi — 2:1. Ammo 79-daqiqada “Valensiya” omad kulib boqmadi: burchak zarbasidan keyingi epizodda Xose Kopete to‘pni o‘z darvozasiga yo‘naltirib yubordi va hisob tenglashdi — 2:2.
Uchrashuv taqdirini 90-daqiqada qo‘yilgan penalti hal qildi. Beltran ishlab bergan 11 metrlik jarimani Lardji Ramazani sovuqqonlik bilan aniq ijro etdi — 3:2.
G‘alabadan so‘ng “Valensiya” turnir jadvalida 13-o‘rinda qolmoqda. “Espanol” esa 5-pog‘onada, biroq so‘nggi to‘rt turda atigi bir ochko to‘pladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!