date

Nunu Eshpiritu Santu Vest Hem g‘alabasini baholadi

Nunu Eshpiritu Santu Vest Hem g‘alabasini baholadi

Premyer-liga doirasida «Vest Hem» «Sanderlend» ustidan 3:1 hisobida zafar quchganidan so‘ng bosh murabbiy Nunu Eshpiritu Santu o‘yin bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis jamoasidan doim maksimum natija kutishini ta’kidladi: futbolchilar tobora bir-birini yaxshiroq tushunayotgani, kombinatsiyalar ko‘payayotgani va hali ham ustida ishlash lozim bo‘lgan jihatlar borligini qayd etdi. Uning aytishicha, jarima maydonini ko‘proq to‘ldirish tendensiyasi kelgusi uchrashuvlar uchun ham muhim.

Eshpiritu Santu gol muallifi kim bo‘lishi ahamiyatli emasligini, asosiy maqsad — jamoa vazifalarni bajarishi ekanini aytdi. Shuningdek, u muxlislarga alohida minnatdorlik bildirib, jamoa bilan tribunalar o‘rtasidagi bog‘liqlik endi shakllanib borayotgani futbolchilarga katta turtki berayotganini qo‘shimcha qildi.

Hozirda «Vest Hem» Premyer-liga turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nunu Eshpiritu Santu Vest Hem g‘alabasini baholadi