date

Vashington yangi strategiyaga e'tibor qaratmoqda

Vashington yangi strategiyaga e'tibor qaratmoqda

AQSH Yevropa bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish, G‘arbiy yarim sharda o‘z ta’sirini tiklash va Hind-Tinch okeani mintaqasida harbiy qudratini oshirishni maqsad qilgan. Bu haqda Reuters AQSHning milliy xavfsizlik strategiyasiga tayanib xabar berdi.

AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Monro doktrinasini qayta tiklash zarurligini ta’kidlamoqda. Bu doktrina Yevropa davlatlarining Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlari ishlariga aralashmasligi tamoyiliga asoslangan.

Buning evaziga Vashington Yevropa ichki siyosatga aralashmaslikni va’da qilgan. "Bu Monro doktrinasining Tramp davridagi natijasi bo‘lib, bu AQSH kuch-qudratini va ustuvorliklarini tiklashning oqilona va samarali usuli hisoblanadi.

Bu AQSH xavfsizlik manfaatlariga mos keladi", deyiladi hujjatda. Reutersga ko‘ra, yangilangan strategiya Trampning Ikkinchi jahon urushida keyin AQSH yetakchiligida shakllangan tartibni o‘zgartirish istagini yaqqol ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, Vashingtonni Xitoyning Lotin Amerikasi davlatlaridagi ta’sirining kuchayishi tashvishga solmoqda. Vashington Tayvan bo‘yicha Xitoy bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan mojaroni oldini olish uchun AQSH va uning ittifoqchilarining qudratini oshirishni rejalashtirmoqda.

Atlantic Councilning Lotin Amerikasi bo‘yicha katta tahlilchisi Jeyson Marchak Vashingtonning avvalgi tartibga qaytishi endi imkonsizligini ta’kidladi. Yangilangan milliy xavfsizlik strategiyasida Yevropaga "sivilizatsion yo‘qotish" xavfi tahdid solayotgani va agar ular Vashingtonning ittifoqchisi bo‘lib qolishni istasa, o‘zgarish zarurligi aytilgan.

Shuningdek, AQSH G‘arbiy identifikatsiyani saqlab qolish tarafdori ekanini bildirgan. Bundan tashqari, AQSH hukumati Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish va Rossiya bilan "strategik barqarorlik"ni tiklashga qiziqish bildirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Vashington yangi strategiyaga e'tibor qaratmoqda