date

Mirziyoyev va Putin telefon orqali muhim masalalarni muhokama qildi

Mirziyoyev va Putin telefon orqali muhim masalalarni muhokama qildi

30 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida ikki davlat rahbari ikki tomonlama munosabatlar hamda xalqaro vaziyat yuzasidan fikr almashdi.

Muloqot avvalida O‘zbekiston rahbari Rossiya prezidentining Nijniy Novgorod viloyatida joylashgan qarorgohiga nisbatan amalga oshirilgan hujumga urinishni qat’iy qoraladi. Bunday harakatlar barqarorlik va xavfsizlikka putur yetkazishi, shuningdek, uzoq muddatli tinchlikka erishishga qaratilgan sa’y-harakatlarga jiddiy tahdid solishi ta’kidlandi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari alohida muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish muhim ekanini qayd etdilar.

Shuningdek, suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb mavzular, shu jumladan, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot yakunida ikki davlat yetakchisi yaqinlashayotgan 2026-yil munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va farovonlik tiladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Rossiyaning birodar xalqlariga tinchlik-osoyishtalik hamda bardavom taraqqiyot istaklari bildirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyev va Putin telefon orqali muhim masalalarni muhokama qildi