
PSJ yarim himoyachisi Vitinya Qit'alararo kubokning eng yaxshi futbolchisi mukofotini rossiyalik darvozabon Matvey Safonovga berib yuborishga tayyor bo‘lganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik futbolchi A Bola nashriga bergan izohida, zarurat tug‘ilganda sovrinni Matveyga topshirishini ta’kidlagan. Biroq Safonov uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgani uchun Vitinya turnirning eng yaxshi o‘yinchisi mukofotini o‘zida qoldirgan.
PSJ va “Flamengo” o‘rtasidagi bahs 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida parijliklar aniqroq harakat qildi — 2:1. Safonov esa to‘rtta penaltini qaytarib, o‘yin qahramoniga aylandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.