date

Jaloliddin Ahmadaliyev Yangi yilni yangi klip bilan qarshi oladi (video)

Jaloliddin Ahmadaliyev Yangi yilni yangi klip bilan qarshi oladi (video)

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev o‘zining Instagram sahifasi orqali muxlislariga xushxabar ulashdi. San’atkor yangi “Chaqirsam” nomli qo‘shig‘i uchun suratga olingan klip premyerasini e’lon qildi. Video post ostida u: “Yangi yilning ilk daqiqalarida yangi klipni Navo telekanalida tomosha qiling! Chaqirsam”, — deya yozib qoldirgan.

Mazkur e’londan kelib chiqib, 31 dekabr kuni, Yangi yil arafasida, xonandaning yangi taronasi va klipi Navo telekanali orqali ilk bor namoyish etilishi ma’lum bo‘ldi. Ushbu yangilik Jaloliddin Ahmadaliyev muxlislari tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi. Ijtimoiy tarmoqlarda san’atkorga nisbatan ko‘plab samimiy, iliq tilaklar va ijobiy izohlar qoldirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Jaloliddin Ahmadaliyev Yangi yilni yangi klip bilan qarshi oladi (video)