date

Nikolas Maduro kishanlangan holda Nyu-Yorkka olib kelindi

Nikolas Maduro kishanlangan holda Nyu-Yorkka olib kelindi

AQSH telekanallari e’lon qilgan foto va videolarda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hamda uning rafiqaci Siliya Floresning Qo‘shma Shtatlarga olib kelingan lahzalari aks etgani aytilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Maduro Karib dengizida turgan AQSH aviatashuvchisidan harbiy samolyotda olib chiqilgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Kadrlarda u Nyu-York shtatidagi harbiy bazada samolyot bortidan tushirilayotgani ko‘rinadi: Maduroning qo‘llarida kishan, oyoqlarida zanjirlar bo‘lgan, boshiga esa kapyushon yopilgan. Uni AQSH kuch tuzilmalari xodimlari qurshab olgani qayd etilgan.

Tarqalgan videolarga ko‘ra, qo‘nishdan so‘ng Maduro va Flores vertolyotga o‘tkazilib, Manhettenga, keyin esa Narkotik moddalarga qarshi kurash boshqarmasi (DEA) binosiga olib borilgan. Jurnalistlar bilan qisqa muloqotda Maduro “Xayrli tun va Yangi yil bilan” degan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Fox News efirida olingani da’vo qilinayotgan videolar ham tarqaldi, ulardan birida Maduroning idoraga olib kirilayotgan onlari ko‘rsatilgani aytiladi. Avvalroq Maduro maxsus operatsiya chog‘ida qo‘lga olingani va dastlab Karib dengizidagi “Ivodzima” nomli AQSH aviatashuvchisiga yetkazilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH tomoni uni narkotik moddalar kontrabandasi bilan bog‘liq ayblovlar asosida ta’qib qilmoqda. Sud jarayoni yaqin kunlarda boshlanishi mumkin, ungacha esa Maduro Bruklindegi federal tergov izolyatorida saqlanishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Nikolas Maduro kishanlangan holda Nyu-Yorkka olib kelindi