date

Bugun Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning AQSHda sudi bo‘lib o‘tadi

Bugun Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning AQSHda sudi bo‘lib o‘tadi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bugun, 5 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan tushda Nyu-York janubiy okrugi federal sudiga chiqishi kutilmoqda.

The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, Venesuela yetakchisining rafiqasi Silia Flores de Maduro ham bir vaqtda Manxetten sudida ishtirok etishi mo‘ljallangan. Sud jarayonida ular ikkalasiga ham rasman ayblovlar o‘qilishi nazarda tutilgan. Sud jarayonida sudya Alvin Xellershteyn ishda raislik qiladi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, Nikolas Maduro quyidagi ayblar bilan ayblanmoqda: narkotik terrorizmini tashkil etish, kokain import qilish uchun til biriktirish, qurol-yarog‘ va portlovchi moddalarga egalik qilish, shuningdek, AQSHga qarshi qurol va portlovchi vositalarni saqlash uchun til biriktirish.

Bu jarayon Venesuela prezidenti uchun xalqaro maydondagi eng jiddiy huquqiy sinovlardan biri bo‘lib, uning siyosiy va iqtisodiy obro‘siga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Bugun Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning AQSHda sudi bo‘lib o‘tadi