date

Oʻzbekiston va Tojikiston multimodal yoʻlakni ishga tushiradi

Oʻzbekiston va Tojikiston multimodal yoʻlakni ishga tushiradi

Oʻzbekiston va Tojikiston Markaziy Osiyoni Xitoy va Yevropa bilan bogʻlaydigan multimodal transport yoʻlagini sinov tariqasida ishga tushirishga kelishib oldi, deb xabar berdi Anadolu Aja'nsi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Loyiha doirasidagi ilk sinov reysi Oʻzbekistondan boshlanadi: yuk ortilgan 10 ta yuk mashinasidan iborat kolonna Tojikiston hududi orqali Xitoyga yoʻl oladi.

Marshrutni yoʻlga qoʻyish bo'yicha qaror Oʻzbekiston va Tojikiston transport vazirlari darajasida qabul qilindi. Tomonlar Xitoy yoʻnalishiga birgalikda chiqish, shuningdek xalqaro yuk tashuvlari uchun ruxsatnomalarni elektron shaklda berish tizimiga oʻtishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, Jartepa — Sarazm chegara o‘tkazish punktining o‘tkazuvchanligini oshirish ko‘zda tutilgan. Chegarada kuniga 100 tagacha yuk mashinasini qabul qila oladigan va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini tezlashtiradigan logistika markazi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Oʻzbekiston va Tojikiston multimodal yoʻlakni ishga tushiradi