date

Inter Leon Yakirovich transferini yakunlash arafasida turibdi

Inter Leon Yakirovich transferini yakunlash arafasida turibdi

Zagrebning «Dinamo» jamoasida to‘p surayotgan markaziy himoyachi Leon Yakirovich tez orada «Inter» futbolchisiga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda insayder jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, kelishuv allaqachon tomonlar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan. «Neradzurri» 18 yoshli xorvat uchun 2,5 million yevro to‘laydi, yana 2 million yevro bonuslar ko‘rinishida qo‘shilishi mumkin. «Inter» ushbu transfer poygasida «RB Zaltsburg»ni ortda qoldirdi — bunda klubning futbolchi agenti bilan yaxshi aloqalari ham muhim rol o‘ynagani aytilmoqda.

Yakirovich joriy mavsumda «Dinamo»ning asosiy tarkibida hali maydonga tushmadi: u ko‘pincha zaxirada qolgan yoki qaydnomadan tashqarida bo‘lgan. Shunga qaramay, u Zagreb klubining yoshlar jamoasi safida mavsum davomida uchta uchrashuvda ishtirok etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Leon Yakirovich transferini yakunlash arafasida turibdi