date

Mark Gexi Manchester Sitida yiliga 18 mln oladi

Mark Gexi Manchester Sitida yiliga 18 mln oladi

Bugun, 19 yanvar kuni «Manchester Siti» «Kristal Pelas» himoyachisi Mark Gexining transferini rasman e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Angliya terma jamoasi a'zosi «shaharliklar» safida mavsumiga 18 million yevro maosh oladi. Klubda undan ko'proq daromad qilayotgan yagona futbolchi — hujumchi Erling Xoland bo'lib, uning yillik maoshi 31,5 million yevroni tashkil etadi.

«Manchester Siti» Gexi transferi uchun 23 million yevro to'ladi. Futbolchi bilan shartnoma 2031 yil 30 iyungacha imzolandi. Joriy mavsumda himoyachi klub darajasida 33 o'yinda maydonga tushib, uch gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mark Gexi Manchester Sitida yiliga 18 mln oladi