date

Peres Real mavsumini YeChL g‘alabasi bilan qutqaradi

Peres Real mavsumini YeChL g‘alabasi bilan qutqaradi

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres jamoa mavsumni omadsiz boshlaganiga qaramay, vaziyatni ijobiy yakunlash mumkinligiga ishonmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Diario AS xabariga ko‘ra, Peres Xabi Alonso boshchiligidagi startdagi qiyinchiliklarni Yevropa Chempionlar ligasida qo‘lga kiritiladigan g‘alaba to‘liq oqlab berishini ta’kidlaydi.

Hozirda “Real” Chempionlar ligasining umumiy bosqich jadvalida 6 turdan keyin 12 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. La Ligada esa madridliklar 48 ochko jamg‘argan holda 2-pog‘onada, peshqadam “Barselona”dan atigi bir ochko ortda. Shuningdek, “qaymoqranglilar” avvalroq Ispaniya Kubogining 1/8 finalida musobaqani tark etgan, Ispaniya Superkubogi finalida esa “Barselona”ga imkoniyatni boy bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Peres Real mavsumini YeChL g‘alabasi bilan qutqaradi