Balogun Realga qarshi o'yin alohida voqea ekanini aytdi

"Monako" hujumchisi va AQSH terma jamoasi futbolchisi Folarin Balogun Yevropa Chempionlar ligasida Madridning "Real" klubiga qarshi bo'ladigan uchrashuv haqida fikr bildirdi. O'yin 20-yanvar kuni bo'lib o'tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Balogun "Real"ga qarshi Chempionlar ligasida maydonga tushish o'zi uchun ilk tajriba bo'lishini ta'kidladi. U jamoa Madridga faqat tajriba orttirish uchun emas, aniq maqsad va natija ilinjida borayotganini aytdi.
Hujumchi "Monako" bu mavsum turnirda yirik raqiblarga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatganini eslatib, ijobiy natijaga erishish mumkinligiga ishonch bildirdi. Shuningdek, u "Santyago Bernabeu"da "Real"ga qarshi o'ynash imkoniyati o'zi uchun juda katta voqea ekanini qo'shimcha qildi.
Hozirda "Monako" Chempionlar ligasi turnir jadvalida 6 o'yinda jamg'argan 9 ochko bilan 19-o'rinda bormoqda. "Real" esa 12 ochko bilan 7-pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!