Guvohlardan eshitgan o‘ta g‘amgin hikoyalar nafaqat BMT vakillarini, balki o‘zini inson deb bilgan har bir dunyo ahlini dahshatga solmay qo‘ymasa kerak. Myanma hukumati, armiyasi, buddizm tarafdorlari bu mamlakatdagi kamchilikni tashkil etgan musulmonlarni o‘ta shafqatsizlarcha qiynoqqa solgani, vahshiylarcha o‘ldirgani va hokazolarni Birlashgan millatlar tashkiloti vakillari Bangladeshga qochib o‘tgan musulmon-roxinjalardan eshitib, haqiqatan g‘azabga kelishdi.
Bu tashkilot xodimlari, mutasaddilarining gapiga qaraganda, Myanmada Islom dini vakillariga qarshi “operatsiya”lar ancha yildan beri davom etib kelgan. Ko‘p marotaba BMT vakillari Myanma hukumatiga murojaat etib, zo‘ravonliklarga barham berishni maslahat solgan. Ammo bu maslahatlar havoda qolib ketavergan. Myanma hukumati Birlashgan millatlar tashkiloti xodimlarini mamlakat ichkarisiga kirib ahvolni xolisona o‘rganishga ham qo‘ymagan. Shundan so‘ng ular Bangladeshga qochib o‘tgan 60 mingga yaqin musulmon-roxinjalar bilan suhbatlar o‘tkazib, masalaga oydinlik kiritishgan.
Xullas, to‘qnashuvlar aslida o‘tgan yil kuzida boshlangan. Noma’lum kimsalar bir necha blokpostlarga hujum uyushtirgan va Myanma hukumati buni musulmon-roxinjalardan ko‘rgan. Ular darhol armiyani ishga solgan. Natijada o‘nlab musulmon fuqarolar o‘ldirildi, 60 mingga yaqin odam jonini saqlash ilinjida qo‘shni Bangladeshga qochib o‘tdi.
Shaxsan BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn Myanma hukumatiga yana bir bor murojaat etib, vakillar mamlakat ichkarisiga kiritilib, ahvol o‘rganilishiga izn berilishini so‘ragan. Ammo yana rad javobini olgan. Shundan keyin BMT vakillari Bangladeshga kelib o‘sha 60 ming nafar qochqindagi musulmon ahlidan bo‘lib o‘tgan voqealarni so‘rab-surishtirgan. Eshitganlari esa naq dahshatning o‘zi edi.
Ommaviy tarzda musulmon-roxinja ayollar, qizlarning nomusi poymol etilishi, qotilliklar, go‘daklarni, voyaga yetmagan bolalarni vahshiylarcha qiynoqqa solishlar, shafqatsizlarcha kaltaklashlar, musulmon ahli orasida bedarak yo‘qolganlarning ko‘paya borishi… Bularning barchasi Myanma xavfsizlik kuchlari tarafidan amalga oshirilgan. Shularning barchasini BMT vakillari hujjatlashtirib qo‘yishdi.
Shu tashkilotning inson huquqlari bo‘yicha boshqarma vakilasi Ravin Shamdasoniy xonim aytdiki, barcha ma’lumotlar o‘sha o‘zboshimchalik, qotillik, vahshiyliklarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, o‘zi guvoh bo‘lgan qochqindagi musulmonlardan olingan.
— Surishtiruvlarga jalb etilganlarning 200 nafardan ko‘prog‘i, — deyiladi rasmiy hujjatda. — Shaxsan qotilliklarga guvoh bo‘lgan. Ularning oila a’zolari bedarak yo‘qolgan yoki ko‘z oldida o‘ldirilgan. Yuz nafarga yaqin qochqindagi musulmon-roxinja ayollar ommaviy tarzda nomusi poymol etilganini yig‘lab hikoya qildi.
Musulmon-roxinjalarning farzandlari boshiga tushgan kulfatga sira chidab bo‘lmaydi. Aytishlaricha, 8 oylik, 5-6- 10 yashar bolalarni buddizm vakillari, Myanma xavfsizlik kuchlari harbiylari ota-ona va qarindosh-urug‘lar ko‘z o‘ngida so‘yib tashlagan.
— Mening besh yashar qizim, — deydi shunday ayollardan biri. — Buddizm vakillari nomusimga tegayotganda himoya qilmoqchi bo‘lgandi. Marazlar ko‘zimning oldida pichog‘ini chiqardi-da, qizalog‘imning kallasini uzib tashladi…
Boshqa bir manzara undan-da ayanchli. Besh nafar Myanma xavfsizlik kuchlari harbiysi ayolni ommaviy tarzda zo‘rlashgan. Ayolning qo‘lida 8 oylik chaqalog‘i bor edi. Shu chaqaloqni onaning ko‘z oldida shafqatsizlarcha o‘ldirishgan.
Bu ham holva ekan. Guvohlarning gapiga ko‘ra, Myanmadagi buddizm vakillari, armiya askar, harbiylari, politsiyachilar musulmonlarni o‘ldirish bo‘yicha o‘zaro musobaqa tashkil etishga odatlangan. Ular musulmonlarning uylarini, maktab, madrasalar, bozorlar, do‘konlarga o‘t qo‘yib, ichkaridagilarni o‘ldirishga tushgan. Kim ko‘p musulmon-roxinjani o‘ldirsa, o‘shani olqishlashgan.
— Islom diniga aloqadorlarni majburan o‘z uyiga qamab yoqib yuborish myanmalik buddizm vakillarining, harbiylarning odatiy mashg‘ulotiga aylanib qolgandi, — deyiladi BMT rasmiy hujjatlarida. — Oila a’zolarining tashqariga qochib chiqishiga yo‘l qo‘yilmasdi. To uy va ichkaridagi odamlar kuyib kul bo‘lmaguncha ketishmasdi…
— Begunoh odamlarning politsiyachilar, harbiylar, oddiy aholi vakillari, ya’ni, buddizm vakillari tarafidan namoz o‘qiyotganda, shirin uyqudaligida, baliq ovlab o‘tirganda o‘ldirishlari vahshiylikdir, — deydi Zayd Raad al Husayn. — Undaylarni jazolash, o‘limga mahkum etish lozim…
Birlashgan millatlar tashkiloti Myanma hukumat rahbarlariga so‘nggi bor murojaat etib, o‘z xalqiga nisbatan bu qadar shafqatsizliklarga barham berishni tayinladi. Qochqindagi aholi vakillariga esa Xalqaro sud tashkilotlariga murojaat etish, o‘z huquqlarini talab qilish uchun qo‘shimcha imkoniyat eshiklari ochib beriladi. Aybdorlar, gunohkorlar albatta tegishli jazo oladi.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi