Uch oyoqli it 51 yoshli Mikael Fildni o‘z joniga qasd qilishdan asrab qoldi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Fild uzoq yillar mobaynida Elers-Danlos sindromi kasalligidan aziyat chekib keldi. Ahvoli og‘irlashgach, dard uni yengayotganligini his qildi. Mikaelning aytishicha, u divanda o‘tirib, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganda uch oyoqli iti Niki kuch bilan turtib yuborgan.
“Kutilmaganda Niki panjalari bilan qo‘limga qattiq urdi. U ilgari hech qachon bunday qilmaganidan shok holatiga tushdim. Itim o‘zining bu harakati bilan xayolimdagi o‘z jonimga qasd qilish fikrini batamom o‘chirib yubordi. Uning ko‘zlariga qarab, Nikini yolg‘iz qoldirib ketishim insofsizlik bo‘lishini angladim”, dedi ayol.
Mikael depressiyaga tushib qolganida, shifokorlar unga it boqib olishni tavsiya qilishgan. Ayol olti oy ilgari avtofalokat oqibatida bir oyog‘idan ajralgan Nikini boqish uchun olgan. Niki hech qayerda ta’lim olmaganiga qaramay, ayolning turli ruhiy zo‘riqishlarlarni yengishida katta yordam berib kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...