date
views 3 914

Xitoy AQSHni «Karib inqirozi» holatiga solishi mumkinmi?

Xitoy AQSHni «Karib inqirozi» holatiga solishi mumkinmi?
Pekindagi harbiy parad. Foto: Xinhua/Kyodo
Tarix ba’zida qo‘pol hazil ko‘rinishida takrorlanadi. VPanalytics tahlili asosida Ildizʼning yozishicha, hozirgi AQSH prezidentining siyosati yangi Karib inqiroziga olib kelishi mumkin.

AQSHning Tinch va Hind ummonlaridagi harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Osiyo-Tinch ummoni mintaqasiga o‘rta va kichikroq masofali uchar raketalarni joylashtirish zarurligi haqida bayonot berdi. Vashington tarafidan tashlanadigan bunday qadam bir vaqtning o‘zida Xitoy ham Rossiya Federatsiyasiga tahdid soladi.

Pekin va Moskva qanday javob qaytaradi?
Shunday tasavvur hosil bo‘lyaptiki, Oq uyda allaqachon siyosiy to‘xtamga kelib bo‘lishgan.
Tramp avvalroq Rossiya va Xitoyni “hushiga keltirib qo‘yish” kerakligi haqida bayonot bergandi, u aytganini qiladigan odam. Lekin buning oqibati AQSHning o‘zi uchun ham jiddiy talofatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Amerika yadroviy raketalari uchun potensial platsdarm (harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko‘riladigan maydon) deb Yaponiya, Janubiy Koreya va Tayvanni aytish mumkin.
Janubiy Koreya varianti eng real variantlardan biridir, negaki u birvarakayiga “uch quyonni“ urish imkonini beradi: Xitoy, Shimoliy Koreya va Rossiya.

- Seuldan Pekingacha 1000 kilometr;
- Seuldan Vladivostokka – 700 kilometr;
- Seuldan Pxenyangacha esa – 200 kilometr.
Koreyaga yadroviy qurolni joylashtira turib, Pentagon mintaqadagi asosiy dushmanlariga ularni karaxt qilib qo‘yadigan darajada zarba berishi mumkin.

Bundan tashqari, Janubiy Koreya yoki Yaponiya tomondan Xitoy yoki KXDRga yo‘llanadigan raketa zarbasi Rossiyaning Uzoq Sharqiga yadroviy zarba sifatida ham qabul qilinadigan bo‘ladi.

Amerika qurolli raketalarining Tayvanga joylashuvi ham juda xavfli bo‘ladi. Bu oroldan turib Xitoyning ulkan hududini o‘qqa tutish va Pentagon bir lahzada XXRning harbiy va fuqaroviy infrastrukturasini yakson qilishi mumkin: AES, neft omborlari, ko‘priklar, temir yo‘llar, bandargohlar, sanoat markazlari.

Nega AQSH vaziyatni aynan hozir keskinlashtirishga qaror qilyapti?
Javob oddiy: Vashington shundoq ham Amerika gegemonligiga raxna soluvchi Osmon ostining “iqtisodiy dev“ga aylanishiga yo‘l qo‘yib berdi.

Endilikda ular oldida XXRni harbiy sohada og‘ir vaznli dushmanga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik vazifasi turibdi. Xitoyning yadroviy uch boshli ajdarhosi hozircha Rossiya va AQSHnikidan qolishadi.

Xorijiy harbiy bazalarning rivojlanib borayotgan tarmog‘i hozircha Pekinda yo‘q (bu yo‘nalishda tashlanayotgan odimlarga qaramasdan). Xitoy AQSH ittifoqchisi bo‘lgan mamlakatlar bilan o‘rab olingan.

Biroq Pekin hali-beri oq bayroq ko‘tarmaydi. Uning bisotida sovetcha X-55 ning nushasi bo‘lgan o‘rtacha masofali SJ-10K raketalari mavjud.

Xitoyning javob harakatlari, ehtimol, SSSRning bir paytlardagi siyosatini takrorlar.

Agar holat shu yo‘sinda rivojlansa, unda xitoy yadroviy raketalari Pekin oldida katta qarzdor bo‘lgan Kuba yoki Venesuelaga joylashishi mumkin. Balki, XXR va RF mudofaaga oid chora-tadbirlarini o‘zaro muvofiqlashtirishi mumkin.

Axir, tarix takrorlanish xususiyatiga ega.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy AQSHni «Karib inqirozi» holatiga solishi mumkinmi?