date

Germaniya bilan bahs: donar-kabob masalasida Turkiya ortga chekindi

Germaniya bilan bahs: donar-kabob masalasida Turkiya ortga chekindi

Tagesschau nashri yozishicha, Turkiyaning Udofed assotsiatsiyasi donar-kabobni Yevropa Ittifoqi miqyosida milliy taom sifatida tan olish va uning umumevropa standartlarini belgilash haqidagi arizasini rasman qaytarib oldi. Shu tariqa, Turkiya va Germaniya o‘rtasida uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan bahsga nuqta qo‘yildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, agar Yevroittifoq bu arizani ma’qullaganida, barcha ovqatlanish maskanlari donar tayyorlashda qat’iy me’yor va qoidalarga amal qilishga majbur bo‘lardi. Masalan, qiyma qo‘shilgan yoki sous bilan beriladigan turlari standartdan tashqari hisoblanib, ularni boshqa nom bilan atashga to‘g‘ri kelardi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Germaniyada donar-kabob sanoati juda rivojlangan va mamlakat hozirda Yevropa Ittifoqi hududida donar savdosidan birinchi o‘rinni egallaydi. Nemis tadbirkorlari uchun bunday cheklovlar katta iqtisodiy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin edi.

Turkiyaning arizani qaytarib olishi ortidan, donar tayyorlash va sotish tartibi har bir mamlakatdagi mavjud qonun va qoidalarga ko‘ra davom ettiriladi. Ba’zilar bu qarorni Germaniyaning g‘alabasi sifatida baholasa, boshqalar taomning haqiqiy kelib chiqishi va milliy maqomi haqidagi bahs yana davom etishi mumkinligini aytishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya bilan bahs: donar-kabob masalasida Turkiya ortga chekindi